28.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2433
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 28.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2433
Дата вступления в силу
04.03.2013
Hujjat 04.03.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2433]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, 11-son, 341-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 91-son “Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 152-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-q/q-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 30-yanvardagi 3, 8-q/q va 9-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, 11-son, 341-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 91-son “Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 152-modda) muvofiq aksiyadorlik jamiyatiga (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) aylantirilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, aksiyalarning 49% boʻyicha toʻlanadigan dividendlar hisobidan, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aksiyalarning 49% (mehnat jamoasiga ulushni tasarruf qilish va taqsimlash huquqisiz foydalanish uchun berilgan) ulushi boʻyicha toʻlanadigan dividendlar (bundan buyon matnda Dividend deb yuritiladi) Jamiyat faoliyatining pirovard moliyaviy natijalarida xodimlarning mehnat ishtiroki koeffitsiyentiga qarab ularni (shu jumladan, rahbarlar tarkibi uchun 10 foizgacha) moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamiyat kuzatuv kengashi Dividendlardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xodimlarni, ularning Jamiyat faoliyatining pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, Dividendlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yillik Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan (eʼlon qilingan) taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xodimlarni, Dividendlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitob Jamiyat ijroiya organi tomonidan tayyorlanadi va Jamiyat kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamiyat kuzatuv kengashi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitoblariga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi tomonidan Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan (eʼlon qilingan) sanadan boshlab 60 kun muddat ichida xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xodimlarni Dividendlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlarning umumiy qiymatining 10 foizgacha miqdori rahbarlar tarkibini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlarning qolgan summasi mehnat jamoasini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Har bir xodimning yillik moliyaviy natijalardagi mehnat ulushini aniqlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitoblarni tayyorlash uchun Jamiyatning ijroiya organi tomonidan har bir xodimning yillik moliyaviy natijalardagi mehnat ulushini aniqlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlariga muvofiq xodimlarning davolash jarayoniga qoʻshgan shaxsiy ulushlarini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlariga muvofiq davolash jarayonida ishtirok etmaydigan xodimlarning yillik moliyaviy natijalarga qoʻshgan shaxsiy ulushlarini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar mehnat ulushini aniqlashda asoslilik va xolislikni, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitoblarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy ragʻbatlantirish miqdorini xolisona belgilash uchun har bir xodim faoliyati natijalari monitoringini tashkil etadi va oʻtkazadi, tibbiyot xodimlarini davolash jarayoniga qoʻshgan shaxsiy ulushi, mehnatga va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga vijdonan yondashganligini baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Jamiyat kuzatuv kengashi bilan kelishilgandan keyin Jamiyat ijroiya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilardan shakllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijroiya organ (direktor) — Komissiya raisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktorning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari — Komissiya kotibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasaba uyushmasi raisi — Komissiya aʼzosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh tibbiyot hamshirasi — Komissiya aʼzosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoada hurmat va obroʻga ega boʻlgan uch nafardan kam boʻlmagan xodimlar — Komissiya aʼzolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuni boʻyicha Dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kalendar yili tugagan vaqtda ish staji 1 yildan kam boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuni boʻyicha Dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kalendar yili davomida qoʻllanilgan va/yoki muddati amal qilayotgan intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitobining namunaviy uslubi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jamiyat tomonidan Moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan Dividendlar boʻyicha alohida hisob yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Dividendlardan maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1 ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hisob-kitobining namunaviy uslubi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur namunaviy uslubda qoʻllanilgan mezon, chegara, cheklov va koeffitsiyentlar namunaviy hisoblanib tavsiyaviy xarakterga ega. Komissiya Jamiyat kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda oʻzining mezon, chegara, cheklov va koeffitsiyentlarini oʻrnatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarni Dividendlar hisobidan bir marotaba beriladigan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitoblar moddiy ragʻbatlantirish olishga haqli boʻlgan xodimlarni quyidagi tartibda guruhlashtirish orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I guruh: Rahbarlar tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II guruh: Shifokor xodimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III guruh: Oʻrta tibbiyot xodimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV guruh: Kichik tibbiyot xodimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V guruh: Xoʻjalik xodimlari (muhandis, tibbiyot uskunalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha texnik-xodimlar va boshqa xodimlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitoblar Komissiya tomonidan bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi bosqichda, xodimlarning har bir guruhi uchun moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning har bir guruhi boʻyicha moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasini aniqlash uchun birinchi navbatda xodimlarning har bir guruh aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasining mehnat jamoasi barcha aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasiga nisbatan solishtirma miqdori (foizda) aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlar guruhining har birini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi: har bir guruh aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasining mehnat jamoasining barcha aʼzolarini oʻrtacha oylik ish haqi summasidagi solishtirma miqdorining (foizda) xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlar guruhining har birini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar tartibi va ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlar guruhining oʻrtacha oylik ish haqi summasi‎ Xodimlar guruhi oʻrtacha oylik ish haqi summasining mehnat jamoasi barcha aʼzolarining oʻrtacha oylik ish haqi summasiga nisbatan solishtirma miqdori (%)‎ Xodimlar guruhini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi ‎
I guruh‎ Z1‎ U1=Z1/Z*100‎ S1=S* U1/100‎
II guruh ‎ Z2‎ U2=Z2/Z*100‎ S2=S* U2/100‎
III guruh ‎ Z3‎ U3=Z3/Z*100‎ S3=S* U3/100‎
IV guruh‎ Z4‎ U4=Z4/Z*100‎ S4=S* U4/100‎
V guruh‎ Z5‎ U5=Z5/Z*100‎ S5=S* U5/100‎
Hammasi:‎ Z‎ 100%‎ S‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi bosqichda, har bir guruhning har bir aʼzosi uchun moddiy ragʻbatlantirish summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblar Markaz xodimlari faoliyatini baholash natijasida toʻplagan ballaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir moliyaviy yil uchun xodimlarning har bir guruhi faoliyatini baholash mezonlari (bundan buyon – “Baholash mezonlari” deb ataladi) yil yakunlari boʻyicha xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha hisob-kitob qilinadigan joriy yilning birinchi oyi ichida Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Jamiyatning har bir xodimi Baholash mezonlari bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruhning har bir xodimi faoliyatini baholash natijalarida ularning toʻplagan ballari boʻyicha xodimlar guruhlarga boʻlinadi. Bunda, yigʻilgan ballar miqdorining oʻsishiga qarab har bir xodim uchun moddiy ragʻbatlantirish summasi ham ortib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻilgan ballar miqdori‎ Xodimlar soni‎ Bir xodimga moddiy ragʻbatlantirish summasi (C) ‎
0-40‎ K1‎ C‎
40-55‎ K2 1,1C‎
55-70‎ K3‎ 1,3C‎
70-85‎ K4‎ 1,6C‎
85-100‎ K5‎ 2,0C‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada quyidagi formulaga ega boʻlamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn = K1*C + K2*1,1C + K3*1,3C + K4*1,6C + K5*2,0C
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagi formuladan Sn (aniq bir xodimlar guruhini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi) va K1-K5 (mos ballar miqdorini toʻplagan xodimlar guruhidagi xodimlar soni) miqdoriy koʻrsatgichlari maʼlum boʻlgan holda S – toʻplagan ballari 40 ballgacha boʻlgan xodimning moddiy ragʻbatlantirish summasi hisoblanadi. Hisoblab topilgan S miqdorini 1,1 ga koʻpaytirish orqali toʻplagan ballari 40 dan 55 ballgacha boʻlgan xodim uchun moddiy ragʻbatlantirish summasi hisoblanadi va hokazo.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Xodimlarning har bir guruhi faoliyatini baholash mezonlari ‎

Ballar miqdori‎

I guruh:
‎Rahbarlar tarkibi ‎

Davolangan bemorlarning rejaviy miqdorini taʼminlash ‎ 10‎
Jamiyat faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish‎ 10‎
Murakkab va oʻta murakkab operatsiyalarni amalga oshirishni taʼminlash ‎ 15‎
Davolanib chiqayotgan bemorlarning 80% dan ortigʻining sogʻligʻini yaxshilanishiga erishish‎ 20‎
Yillik biznes-reja va daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi‎ 15‎
Chet tillarni bilish‎ 10‎
Bilim va malaka darajasini muntazam oshirib borish, shu jumladan, chet eldagi yetakchi klinikalarda malakasini oshirish‎ 10‎
Moliyaviy, ijro va mehnat intizomiga rioya qilish‎ 10‎
Jami: 100‎

II guruh:
‎ Shifokor xodimlar ‎

Oʻz vaqtida klinik diagnostik koʻrikdan oʻtkazish, diagnostika va davolash standartlariga amal qilgan holda toʻgʻri diagnoz qoʻyish va davolash‎ 10‎
Amalga oshirilgan ishlarning murakkabligi va hajmi (intensivligi)‎ 10‎
Amalga oshirilgan ishlarning tibbiy samaradorligi, shu jumladan tibbiy xizmatning sifati ‎ 10‎
Oʻz tibbiy faoliyat yoʻnalishidagi zamonaviy diagnostika va davolash metodlarini, jahon tibbiyot fani va texnologiyalarining oxirgi yutuqlarini tatbiq etish‎ 10‎
Davolash sifati va axloq prinsiplariga amal qilinishi boʻyicha bemorlarning asosli shikoyatlarining mavjud emasligi‎ 10‎
Kasallik tarixi varaqasi va boshqa tibbiy hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli yuritish‎ 10‎
Bilim va malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek malakasini chet eldagi yetakchi klinikalarda oshirish, aholining tibbiy madaniyatini shakllantirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish‎ 10‎
Chet tillarni bilish‎ 10‎
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish‎ 10‎
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish ‎ 10‎
Jami:‎ 100‎

III guruh:
‎Oʻrta tibbiyot xodimlari ‎

Shifokor koʻrsatmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish ‎ 15‎
Mehnat taʼtili va kasallik tufayli ishga chiqmaganlar oʻrniga ishlab berish‎ 10‎
Jamoat ishlarida ishtirok etish‎ 10‎
Dori vositalari va tibbiy texnika buyumlarini hisobini yuritish, ulardan foydalanish va saqlash intizomiga rioya etilishi‎ 10‎
Muolajalar sifati va axloq prinsiplariga amal qilinishi boʻyicha bemorlarning asosli shikoyatlarining mavjud emasligi ‎ 15‎
Texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilishi‎ 10‎
Tibbiy hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli yuritish ‎ 10‎
Shaxsiy gigiyena talablariga rioya etilishi (ozodalik, tashqi koʻrinish)‎ 10‎
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish‎ 10‎
Jami:‎ 100

IV guruh:
‎ Kichik tibbiyot xodimlari ‎

Bemorlar va xodimlarning asosli shikoyatlarining yoʻqligi ‎ 20‎
SanPiN talablariga muvofiq joriy va asosiy yigʻishtirish-tozalash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish ‎ 20‎
Bemorlarni vijdonan parvarishlash (hojatxona, choyshablarni almashtirish va hokazo)‎ 20‎
Texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilishi ‎ 20‎
Shaxsiy gigiyena talablariga rioya etilishi (ozodalik, tashqi koʻrinish)‎ 10‎
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish‎ 10‎
Jami:‎ 100‎

V guruh:
‎Xoʻjalik xodimlari (muhandis, tibbiyot uskunalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha texnik-xodimlar va boshqa xodimlar) ‎

Murakkab tibbiyot (shuningdek, boshqa) asbob-uskunalarini uzluksiz ishlashini taʼminlash‎ 20‎
Murakkab tibbiyot (shuningdek, boshqa) asbob-uskunalarini profilaktika va taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish‎ 20‎
Texnika, yongʻin, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilishi‎ 20‎
Xodimlarning asosli shikoyatlarining yoʻqligi‎ 20‎
Jamoat ishlarida ishtirok etish‎ 10‎
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish‎ 10‎
Jami:‎ 100‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 122-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)