Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2021 24.03.1999 yildagi PF-2272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI KATTA VA ALOHIDA MUHIM SUV XO‘JALIGI OBYEKTLARINING TEXNIK HOLATINI HAMDA BEXATAR IShLAShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI (“DAVSUVXO‘JALIKNAZORAT”)NI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-sonli “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq xo‘jaligining faoliyat ko‘rsatishi, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan barqaror hosil olinishi katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli hamda bexatar ishlashiga bog‘liqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mana shunday shart-sharoitlarni ta’minlash bunday obyektlarning texnik holati ustidan nazorat kuchaytirilishini, turli vazirliklar va idoralar faoliyati muvofiqlashtirilishini, Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv xo‘jaligi tashkilotlarining bahamjihat harakat qilishlarini taqozo etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli texnik holatini hamda bexatar ishlashini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan bu yog‘iga “Davsuvxo‘jaliknazorat”) tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat nazorat organi hisoblanib, quyidagi asosiy vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda ularning ishonchli texnik holatini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish hamda bexatar ishlashini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining bexatarligi mezonlari hamda qoidalarini ishlab chiqishni tashkil qilish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birga katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bog‘liq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda qayta qurish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, ularni barpo etish sifati va foydalanishga qabul qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli muhofazasi tashkil etilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim davlatlararo hamda chegara bo‘yi suv xo‘jaligi obyektlaridan puxta va bexatar foydalanish masalalarining Markaziy Osiyo davlatlari bilan bartaraf etilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda ularning ishonchli texnik holatini oshirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Davsuvxo‘jaliknazorat”ning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etish uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda ushbu Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 24-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2272-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 76-modda)