Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO MOLIYAVIY IJARA (LIZING) TOʻGʻRISIDAGI XUSUSIY HUQUQNI BIRXILLASHTIRISH BOʻYICHA BMT XALQARO INSTITUTINING (UNIDROIT) KONVENSIYASIGA QOʻSHILISHI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro moliyaviy ijara (lizing) toʻgʻrisidagi Xususiy huquqni birxillashtirish boʻyicha BMT xalqaro institutining (UNIDROIT) konvensiyasiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
84-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 155-modda)