Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2007 03.07.1992 yildagi 653-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2007
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AVTOMOBIL YOʻLLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi OʻRQ-117-sonli “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Avtomobil yoʻllari tushunchasi va tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻli davlat standartlariga mos keladigan, meʼyoriy ogʻirlikka va oʻlchamga ega boʻlgan transport vositalarining xavf-xatarsiz va qulay harakatlanishi uchun moʻljallangan muhandislik inshootlari majmuidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari tarkibiga yoʻl uchun ajratilgan mintaqada joylashgan sunʼiy muhandislik inshootlari, yoʻl xizmatining yaxlit texnologik majmuasiga kiruvchi yoʻl idoralari, yordamchi, qoʻshimcha va boshqa ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl uchun ajratilgan mintaqadagi havo boʻshligʻi va yer ostki qismi ham avtomobil yoʻli majmuiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining koʻchalari ushbu Qonunning taʼsir doirasida boʻlgan avtomobil yoʻllari jumlasiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunlari ushbu Qonundan hamda avtomobil yoʻllariga taalluqli boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida avtomobil yoʻllarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunlarning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunlarning vazifalari avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qaytadan qurish hamda ulardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek yoʻl idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil inspeksiyasi va yoʻllardan foydalanuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat, jamiyat, aholi manfaatlarini koʻzlab, yoʻllarni huquqiy jihatdan muhofaza qilishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining barcha avtomobil yoʻllariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Avtomobil yoʻllarini farqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllari mansubligiga qarab umumiy foydalanishdagi va korxonalarga qarashli yoʻllarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari jumlasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilangan tartibda tegishli roʻyxatlarga kiritib, indeksi va tartib raqami koʻrsatilgan avtomobil yoʻllari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va ular tarkibidagi barcha inshootlar davlat mulki boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda foydalanishga berib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari xalq xoʻjaligi va maʼmuriy mohiyatiga koʻra xalqaro, davlat va mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllariga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqil davlatlarning poytaxtlarini birlashtirib turadigan, shuningdek davlatlar oʻrtasidagi bitimlarga muvofiq xalqaro avtomobil yoʻllari tarmogʻiga kiradigan avtomobil yoʻllari xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ahamiyatiga molik yoʻllar jumlasiga respublikaning maʼmuriy, madaniyat va sanoat markazlari hamda viloyatlari oʻrtasidagi transport qatnovini taʼminlaydigan, mazkur markazlarni esa temir yoʻl stansiyalari, portlar, kema toʻxtash joylari, shuningdek qoʻshni davlatlar bilan bogʻlaydigan yoʻllar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ahamiyatga molik yoʻllar jumlasiga respublika hamda viloyatlarning maʼmuriy markazlarini nohiyalarning maʼmuriy markazlari bilan, qishloq aholi punktlari bilan, shuningdek nohiya markazlarini respublika ahamiyatiga molik yoʻllar, temir yoʻl stansiyalari, portlar, kema toʻxtash joylari bilan birlashtiradigan yoʻllar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining roʻyxati davlatlar oʻrtasidagi bitimlar asosida tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ahamiyatiga va mahalliy (viloyat) ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralarga qarashli avtomobil yoʻllari tegishli korxonalar, kolxozlar va xoʻjalik tashkilotlarining mulkidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllari oʻz ahamiyatiga koʻra shoxobcha yoʻllar, texnologiya, xoʻjalik ichidagi, xizmat, patrul yoʻllari va boshqa yoʻllarga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanish ehtiyojlari uchun yer ajratib berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻllar qurish (yoʻllarni qaytadan qurish) va ulardan foydalanish uchun, shuningdek avtomobil yoʻllariga aloqador maxsus joylar barpo etish uchun yoʻl idoralariga va boshqa yoʻllar quruvchi, ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun Oʻzbekiston Republikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyilgan tartibda yer ajratib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erdan foydalanuvchilarga avtomobil yoʻllari qurish (ularni qaytadan qurish) va keyinchalik ulardan foydalanish uchun yoʻlning turiga qarab tegishli loyiha boʻyicha mintaqa ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Avtomobil yoʻllariga ajratilgan mintaqadan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl uchun ajratilgan mintaqadan faqat yoʻl idoralarigina foydalanadi. Avtomobil yoʻliga ajratilgan mintaqada tegishli yoʻl idoralarining ruxsatisiz har qanday ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl idoralari va korxonalarga qarashli yoʻllarning egalari foydalanmayotgan yoʻl uchun ajratilgan mintaqadagi yerlar shartnoma asosida yoʻl servis korxonalarini joylashtirish maqsadida ijaraga berilishi mumkin. Bunda faqat yoʻllarni transport— foydalanish darajasi, qatnov xavf-xatarsiz oʻtib turishi va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarishga kafolat berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BOʻLIM. AVTOMOBIL YOʻLLARINI BOShQARISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Avtomobil yoʻllarini boshqaruvchi davlat idoralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati maxsus vakolat berilgan avtomobil yoʻllarini boshqaradigan davlat idorasi orqali respublika avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish ishini nazorat qiladi hamda bu borada yagona texnika siyosati yuritadi, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini foydalanish uchun yaroqli holda saqlashni, taʼmirlashni va bunday yoʻllar qurishni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralarga qarashli yoʻllarni boshqarish qonunlarda belgilangan tartibda ana shu yoʻllarni tasarruf etuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, bu ishlarni mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari uygʻunlashtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Avtomobil yoʻllarini boshqaruvchi idoralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasi xalqining boyligi boʻlib, davlatning mutlaq mulkidir va u xususiylashtirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi idoralari (yoʻl idoralari) boshqaruvida boʻladi va ularning balansida turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllari qaysi korxona, muassasa va tashkilot balansida tursa va qaysi biri ana shu yoʻllarning saqlanishini taminlasa, shu korxona, muassasa va tashkilot ixtiyorida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlaridagi koʻchalar tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tasarrufida boʻladi hamda ularning saqlanishini taʼminlaydigan uy-joy-kommunal xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari balansida turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirishni rejalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirishni rejalashtirish hududiy yoʻl idoralari yoki korxonalarga qarashli yoʻllarning egalari tomonidan respublikaning iqtisodiyotini va ijtimoiy sohasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab, barcha yer egalarining foydalarini hisobga olib va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish rejalari mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Yoʻl ishlarini pul bilan taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida bajariladigan ishlar (loyihalash, qurish, qaytadan qurish, taʼmirlash va saqlash) yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan pul bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl jamgʻarmalarini vujudga keltirishning huquqiy negizlari hamda ulardan qay yoʻsinda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish (qaytadan qurish), taʼmirlash va saqlash ishlarini mazkur korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻ bilan taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining koʻchalarini loyihalash, qurish (qaytadan qurish), taʼmirlash va saqlash ishlari mahalliy budjetlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va qaytadan qurish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va qaytadan qurish ixtisoslashtirilgan muassasalar, tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalarga qarashli yoʻllarni loyihalash, qurish va qaytadan qurish mazkur tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalarga qarashli yoʻllarni loyihalash uchun beriladigan topshiriq mahalliy yoʻl idoralari bilan kelishiladi. Korxonalarga qarashli yoʻllarni qurish va qayta qurish loyihalari mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli idoralarga ajratilgan hududlardagi umumiy foydalanish uchun moʻljallanmagan korxonalarga qarashli yoʻllarni loyihalash va qurish maxsus ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllaridan foydalanishdan manfaatdor boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari yoʻllarni qurish va qayta qurish ishlarida ulush qoʻshib ishtirok etishlari mumkin. Bunday hamkorlikning shakllari shartnomalar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga kelib qoʻshiladigan (tutashtiriladigan) va ular kesishadigan yoʻllarni qurish uchun ruxsatnomalar tegishli yoʻllarni boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan beriladi. Agar bunday tutashish yoki kesishish joylari tegishli ruxsatnomasiz yoki yoʻl idoralari qoʻygan shartlarni buzgan holda qurilgan boʻlsa, yoʻl idoralari ularni qayta qurish haqida yoxud joyni dastlabki holatiga keltirish haqida qaror qabul qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlga ajratilgan mintaqada inshootlar (truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari va hokazolar) qurish hamda ularni qaytadan qurish loyihalari yoʻl egalari bilan hamda yoʻl harakatining xavfsizligini nazorat qilib turuvchi idoralar bilan kelishib olishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va boshqa yoʻl inshootlarini barpo etish yoki qayta qurish chogʻida aloqa tarmoqlarini koʻchirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni qurilish buyurtmachilari oʻz hisoblaridan, aloqa kommunikatsiyalarining egalari beradigan texnikaviy shartlarga muvofiq bajaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini yoʻl idoralari saqlab turadilar va taʼmirlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, qurilish va boshqa korxonalar hamda xoʻjalik tashkilotlari oʻzlariga qarashli kirib keluvchi avtomobil yoʻllarini oʻz mablagʻlari hisobiga saqlab turadilar hamda taʼmirlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalarga qarashli boʻlib, umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan avtomobil yoʻllarini saqlash xarajatlarini shu yoʻllardan doimiy foydalanuvchi yuridik shaxslar ulush qoʻshish asosida amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-transport inshootlarini (temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarini, osma koʻpriklarni, parom kechuvlarini, tramvay yoʻllarini va hokazolarni) ana shu inshootlar egalari boʻlgan tashkilotlar saqlab turadilar va taʼmirlaydilar. Bunday inshootlarni saqlab turish va taʼmirlash tartibi tegishli yoʻl idoralari bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarini qurish, saqlash, taʼmirlash va qaytadan qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan ekologiya meʼyorlarini albatta hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Yoʻl idoralari xodimlarining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl idoralarining xodimlari xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl qismlarini buzayotgan yoki ifloslantirayotgan, yo boʻlmasa oʻqiga tushadigan ogʻirligi, yoxud oʻlchamlari ushbu avtomobil yoʻli uchun belgilab qoʻyilgandan ortiqcha boʻlgan transport vositalarini toʻxtatish va avtomobil yoʻlining qatnov qismidan chetga chiqarib qoʻyishni talab qilish, shuningdek aniqlangan qoidabuzarliklar haqida protokollar rasmiylashtirish (mazkur protokollar zarur choralar koʻrish uchun Davlat avtomobil inspeksiyasi idoralariga va transport vositalarining egalariga, transport vositalari yoʻlni yoki yoʻl inshootlarini shikastlantirgan taqdirda esa — keltirilgan zararning oʻrnini qoplash uchun sudlarga yoki hakamlik sudi idoralariga yuboriladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari xizmat qilayotgan yoʻl boʻlimlari chegarasida umumiy foydalanishdagi reysli (marshrutli) avtobuslarda ular ketayotgan yoʻnalishda bepul yurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bepul qatnashga ruxsat beriladigan yoʻl idoralari xodimlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuk avtomobillarining haydovchilari (harbiy yuklar, pochta tashuvchi, inkassator avtomobillari va boshqa maxsus avtomobillardan tashqari) yoʻl-yoʻlakay yoʻl idoralarining xodimlarini, agar xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda va oʻzlari xizmat koʻrsatadigan yoʻl boʻlimida xizmat burchlarini bajarish uchun ketayotgan boʻlsalar, bepul olib borib qoʻyishlari, shuningdek ularning talabi bilan yoʻlning qatnov qismidan chetga chiqarib qoʻyish kerak boʻlgan buzilgan transport vositalarini shatakka olishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III BOʻLIM. AVTOMOBIL YOʻLLARIDAN FOYDALANISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar, ularning huquqlari va burchlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar, shuningdek boshqa harakat qatnashchilari avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari respublika hududida avtomobil yoʻllaridan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari bilan baravar foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl harakatining qatnashchilari umumiy foydalanishdagi barcha avtomobil yoʻllaridan, shuningdek umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllaridan oʻtish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalaridan foydalanadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ulardan faqat harakat xavfsizligiga javob beradigan hamda avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlariga putur yetkazmaydigan holatdagina foydalanishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalarining haydovchilari va harakatning boshqa qatnashchilari avtomobil yoʻlida yoki uning sunʼiy inshootlarida buzuq joylarni koʻrib qolsalar, bu haqda yoʻl va militsiya idoralarini xabardor qilib qoʻyishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan ushbu Qonunda va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda foydalaniladi. Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibini tegishli korxonalar hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari avtomobil yoʻllarida amaldagi yoʻl harakati qoidalariga muvofiq yurmogʻi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllaridan oʻqiga tushadigan yuk va ogʻirligi belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlmagan transport vositalari, oʻziyurar mashinalar hamda mexanizmlarning yurishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllaridan oʻqiga tushadigan yuk va ogʻirligi belgilangan meʼyordan (shu jumladan mavsumlar boʻyicha) ortiq boʻlgan transport vositalarining oʻtishi uchun ularning egalaridan maxsus haq undiriladi. Yoʻldan foydalanishga ruxsat berilishi foydalanuvchilarni yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun ulardan undirilgan maxsus haqdan ortiq boʻlgan qismini toʻlashdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari chekkalarida ish olib borayotgan tashkilotlar ishlarni amalga oshirishning tartibi, muddatlari, sifatiga rioya qilinishi uchun, shuningdek transport vositalarining avtomobil yoʻllarida va aylanib oʻtish joylarida harakat xavfsizligini taʼminlash uchun toʻla javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur tashkilotlar ish boshlashdan oldin tegishli yoʻl idoralaridan masʼul shaxslar, ishlarni bajarish texnologiyasi va muddatlari koʻrsatilgan order olishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish hamda ularda yurish sharoitini yomonlashishga olib keladigan ishlarni amalga oshirish huquqini cheklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl idoralari bilan kelishmasdan turib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl chekkalarida va yoʻl uchun ajratilgan mintaqada yoʻl axborotiga aloqasi boʻlmagan reklama-shiorlar, lavhalar, eʼlonlar oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport musobaqalari (krosslar, avtomobil, mototsikl, velosiped poygalari va boshqa tadbirlar) oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlga ajratilgan mintaqada koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllarini kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, neft quvurlari, gaz quvurlari, suv quvurlari, temir yoʻllar va boshqa kommunikatsiyalar kesib oʻtishi, tutashadigan va ajralib chiqadigan yoʻllarni qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻpriklar va quvurlar yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolarning va zovurlarning oʻzanlarini chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi yoʻllar bilan birlashtirilgan shlyuzlarni, toʻgʻonlarni va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl chetlarida hamda yoʻl koʻtarmalari va oʻyimlarining qiyaliklarida joylashgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini qaytadan qurish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Avtomobil yoʻllarida harakatni cheklash va taqiqlab qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy ofat yuz bergan hollarda, taʼmirlash — qurilish ishlarini amalga oshirish chogʻida yoki boshqa hollarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari qarorlariga muvofiq avtomobil yoʻllarida harakat vaqtincha toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarini saqlash uchun javobgar idoralar yoʻl uchun ajratilgan mintaqada ish olib borayotgan davrda bu ishlar transport hamda piyodalar toʻxtovsiz va xavfsiz harakatiga tahlika solsa, yoʻllardagi yoki ularning maʼlum boʻlaklaridagi qatnovni yopib qoʻyish yoxud cheklashga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarida yoʻl ishlarini amalga oshirish uchun qatnovni yopib qoʻyish yoki cheklash mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari beradigan order asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan koʻrsatmalarni yoki ishlarni amalga oshirish uchun orderda koʻrsatilgan muddatlarni buzish, ishlarni amalga oshirayotgan idoralarning qonunda belgilanadigan miqdorda va tartibda moddiy javobgarligiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shoshilinch, kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda ishlarni amalga oshirish uchun oldindan order olmasdan turib ham qatnovni cheklash yoki taqiqlash mumkin, biroq bu haqda yoʻllarni saqlash uchun masʼuliyatli boʻlgan idoralarga va Davlat avtomobil nazorati idoralariga habar berish shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Avtomobil yoʻllariga tutash yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning burchlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlaridan avtomobil yoʻllari oʻtadigan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi yoʻllarga qoʻshiladigan va ularga olib boradigan yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holda saqlashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlkalarni, piyodalar yoʻllarini axlatdan, loydan va qordan tozalab turishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dov-daraxtlarni asrash va yaxshi saqlab turishga yordam berishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlga tutash butalar va binolarni parvarishlagan hamda boʻyalgan holatda saqlashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl oʻrtasidan 50 metrdan kam boʻlgan masofada tosh, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Yoʻllarda transport vositalariga texnikaviy yordam koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish stansiyalari, avtomobil transporti korxonalari va tashkilotlari (ushbu korxonalar joylashgan binolarda), kooperativlar transport vositalariga texnikaviy yordam koʻrsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikaviy yordam koʻrsatish tashkil etiladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan avtomotohavaskorlar respublika koʻngilli jamiyati bilan kelishgan holda tasdiqlanadi va matbuotda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllarida avtomobillarga texnikaviy yordamni shu yoʻllarning egalari koʻrsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Avtomobil yoʻllarida tibbiy yordam koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarida yoʻl-transport hodisalarida jarohatlanganlarga tibbiy yordam ana shu yoʻllarga yaqin boʻlgan tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllaridagi ana shunday tibbiyot muassasalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl idoralari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati bilan kelishgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Avtomobil yoʻllarining davlat tomonidan nazorat qilinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarining holati uzluksiz va xavf-xatarsiz qatnov talablariga muvofiq boʻlishini hokimiyat va boshqaruv idoralari nazorat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Yoʻl idoralarining avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl idoralari oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari transport vositalarini uzluksiz va xavf-xatarsiz oʻtkazib turishni taʼminlaydigan soz holatda saqlanishi uchun javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllarini boshqaruvchi idoralar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi oqibatida yoʻl sharoitlari yomonlashuvi tufayli yuz bergan yoʻl-transport hodisalari natijasida yetkazilgan zararni avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarga toʻlashlari shart va ular yuz bergan hodisa oqibatlarining ogʻirlik darajasiga qarab intizomiy, mulkiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl sharoitlari bilan bogʻliq holda yuz bergan yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoralari tomonidan avtomobil yoʻlining tegishli boʻlagini boshqaruvchi yoʻl idorasi vakillari ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari boʻlaklarining buzilib, yoʻl-transport hodisalariga sabab boʻlishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar va fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, avtopavilonlar, yoʻl yoqasidagi dov-daraxtlar, qor va qum koʻchishlaridan himoya qiluvchi inshootlarning hamda avtomobil yoʻllarini obodonlashtirishning boshqa jihozlari shikastlanishiga yoʻl qoʻygan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mazkur elementlarning va ularni qayta tiklash ishlarining qiymatini toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl qoplamasini, yoʻl chetidagi ixotalar, tuproq koʻtarmasi, toʻsiq qurilmalari, koʻpriklar, koʻtarma, osma yoʻllar, suvni oqizib yuboradigan va boshqa inshootlar shikastlanishida aybdor boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar ularni yoʻl idoralari belgilagan muddatlarda oʻz kuchlari bilan va oʻz hisoblaridan taʼmirlashlari (qayta tiklashlari) yoki keltirilgan zararning oʻrnini qoplashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybdorlardan yoʻl xoʻjaligiga yetkazilgan moddiy zarar, shuningdek ushbu Qonunda koʻzda tutilgan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Xalqaro shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunlaridagidan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
№ 653-XII
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 353-modda)