Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.03.1998 yildagi PF-1938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 04.03.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOChORLIGI VA ShARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShI UChUN MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishi shuni koʻrsatmoqdaki, qator xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining boqimandalik kayfiyati, masʼuliyatsizligi va tashabbussizligi, shartnoma majburiyatlarining buzilishi korxonalarni iqtisodiy nochorlik va bankrotlikka olib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xoʻjalik sudlari iqtisodiy beqaror xoʻjaliklarga nisbatan murosasozlikka yoʻl qoʻymoqdalar, mazkur korxonalarning mansabdor shaxslarini qonunda belgilangan javobgarlikka tortmayaptilar. Xoʻjasizlik va pul mablagʻlarini behuda sarflash, ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqishda yetarli baho berilmayotir. Sudlar korxonalarni bankrotlikka olib keluvchi debitor-kreditor qarzlarining yuqoriligi hamda zarar koʻrib ishlashning sabablarini yetarli darajada oʻrganmayaptilar va aniqlamayaptilar. Etkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslar hisobidan undirish yuzasidan aniq choralar koʻrilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tomonidan javobgarlikni his etmagan holda oʻziboʻlarchilik, sovuqqonlik va xizmat mansabini suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻyilishi davom etmoqda. Bunday holatga ortiq toqat qilib boʻlmaydi va keskin choralar koʻrilishi talab qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy nochorligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarining masʼuliyatini kuchaytirish, shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi va ularga belgilangan majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik sudlari faoliyati respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar talablariga yetarli darajada javob bermayotir deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun buzuvchilarga nisbatan murosasozlik qilishdek nomaqbul amaliyot, ayrim sudlar tomonidan xoʻjalik nizolarini koʻrishga yuzaki yondoshish, aksariyat hollarda ularning faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan sansalorlik va rasmiyatchilik holatlari qoralansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlariga:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik nizolarini koʻrish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, toʻlov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasigacha olib kelganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini va boshqa xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qadar boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga taqdimnomalar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Taʼkidlab oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz faoliyatida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda huquqiy yordam koʻrsatish hamda uni tashkil qilish masalalarida pala-partishlikka va noizchillikka yoʻl qoʻyib sustkashlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri S.M. Mirsafoyevdan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslari shartnoma intizomini buzganligi uchun javobgarlikka tortish haqidagi qonunchilikda belgilangan choralarni qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda bu ishda rasmiyatchilik va huquqiy savodsizlikka barham berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi bilan oʻn kunlik muddat ichida shartnomalar, shu jumladan qishloq xoʻjaligida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ijro qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, shartnoma majburiyatlarini bajarishning ahvolini muntazam oʻrganish va xoʻjalik subyektlarining javobgarligini oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish talab qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari korxonalarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun shaxsan javobgardirlar. Pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanilmaganligi, toʻlov intizomining buzilishi, shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi va korxonalarni bankrot boʻlish darajasigacha yetkazish koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikkacha tortishga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik subyektlari tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, korxonalarni iqtisodiy nochorlikka, bankrotlikka olib kelganligi va shartnoma majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun mansabdor shaxslarni qattiq javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, sudlarga daʼvo arizalari taqdim etishni jadallashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin va mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 4-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1938-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 43-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)