Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2018 19.12.2012 yildagi 355-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2018
Hujjat 19.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 19-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat qoʻmitasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining tele-radiomahsulotlarini tarqatish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat qoʻmitasi Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbektelekom” va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlarining ishonchli boshqaruvini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Davlat qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Davlat qoʻmitasining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasini hisobga olgan holda zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha kompleks milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot resurslari, axborot tizimlari va tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar, ularni taʼminlash va himoya qilish vositalari bozorini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi va samarali ishlashi ustidan, shu jumladan xalqaro va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini axborotlashtirish darajasini baholash mezonlari va indikatorlari tizimini joriy etish mexanizmlari orqali davlat boshqaruvi va nazoratini, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya infratuzilmasi va maʼlumotlar uzatish, mobil va yoʻldosh aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, axborot resurslari va axborot tizimlaridan yuqori tezlikda keng polosali foydalana olishni, shu jumladan qishloq joylarda joriy etish, telefon aloqasi, televideniye va radioeshittirish raqamli tizimlariga toʻliq oʻtilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlarida, iqtisodiyot sohasi va tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanishni kompleks, tizimli tahlil qilish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratish, maʼlumotlarni uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarining integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va boshqarish, elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish hisobiga “elektron hukumat” platformasida axborot muhitini yanada rivojlantirishni taʼminlash, davlat axborot resurslarini integratsiyalash, vazirliklar va idoralarning yagona vertikal korporativ tarmoqlarini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishning elektron shakllarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga investitsiyalar, eng avvalo, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini taʼminlash, shuningdek axborot texnologiyalarini, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirish va qoʻllash bilan bogʻliq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻi milliy segmentini yanada shakllantirishni taʼminlash, mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan turli yoʻnalishdagi zamonaviy veb-resurslarni, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborot va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mamlakatning oʻzida ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishni taʼminlash va rivojlantirishga yordam koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqarish va joriy etish sohasida mamlakat xizmatlar bozorini yanada shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot xavfsizligini taʼminlash, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, maʼlumotlarning axborot bazalari, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, Internet tarmogʻi milliy makonini tartibga solish va boshqarish, radiochastota spektridan foydalanishni, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron raqamli imzodan foydalanish, chet el ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasini tartibga solish va boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlarining, radiochastota spektridan samarali foydalanishning va telekommunikatsiya tarmoqlari, pochta aloqasi, teleradioeshittirishda, sohaning tegishli tashkilotlari orqali axborot tizimlarida ish yuritishning nazorat qilinishi va bajarilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internetning global tarmogʻi, axborotni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, litsenziya bitimlari shartlariga rioya etishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni tashkil qilish va rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantiradi va amalga oshiradi, telekommunikatsiya tarmoqlari, maʼlumotlar uzatish, radioaloqa, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi tarmoqlari, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat masalalari boʻyicha, shu jumladan radiochastota spektridan foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi hamda Davlat qoʻmitasi faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari integratsiyasini taʼminlash maqsadida milliy axborot tizimini shakllantirish boʻyicha yagona texnik siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga oʻtish boʻyicha dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining, ayniqsa yosh avlodning oʻsib borayotgan axborot va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun mamlakatimiz axborot resurslarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish yoʻli bilan Internet tarmogʻining milliy segmentini yanada rivojlantirish ustuvor vazifalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish boʻyicha yagona texnologik yechim amalga oshirilishini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida idoralararo oʻzaro hamkorlikning axborot tizimlarini joriy etishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanish va chet el ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ funksiyasini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini istiqbolli rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning davlat dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalari, maʼlumotlar uzatishning raqamli tizimlari, yoʻldosh va mobil aloqa, tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat interaktiv xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish, mamlakatda sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarini joriy etish boʻyicha bosqichma-bosqichli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat standartlari sifatida xalqaro standartlarni qabul qilish ishlarini tashkil etadi, mamlakatning yagona axborot makonini yaratish, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadida radioelektron vositalar, telekommunikatsiya vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga maxsus texnik reglamentlar va normativ hujjatlar, texnik shartlar va talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, radiomonitoring, dasturiy mahsulotlarning texnik vositalarini rivojlantirish uchun investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda chet el investitsiyalarini jalb etishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy boshqarmalarning ishlarini, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida standartlashtirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni taʼminlash, radiochastotalardan foydalanish, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini sertifikatlashtirish masalalarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning alohida turlarini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telefonlarni raqamlash rejasi va tizimini, nomer sigʻimini ajratishni tasdiqlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash resurslaridan foydalanishni, Internet tarmogʻi milliy segmenti aniq yoʻnaltirilgan makonini taqsimlashni hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar universal xizmatlarining roʻyxatini va ularning sifatiga qoʻyiladigan talablarni qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi, pochta aloqasi va telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, pochta aloqasi tarmoqlarini birlashtirish va operatorlar, provaydyerlar tomonidan oʻzaro xizmatlar koʻrsatilishi va ular oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta toʻlovi davlat belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olib qoʻyish chastotalari normativlarini, shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari uchun majburiy boʻlgan pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlarining transport vositalarida joylashtiriladigan, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashishda ishlatiladigan farqlovchi maxsus belgilarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-boshi va koʻkrak nishonini tasdiqlash va formali kiyimda yurish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organlari bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun Milliy axborot tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan, moslashtiriladigan yoki sotib olinadigan maxsus dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasini oʻtkazishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maxsus dasturiy mahsulotlardan foydalanishlari uchun ruxsatnoma beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va ularni iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida foydalanish uchun joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorda, birinchi navbatda, ichki ehtiyojlarni qondirish uchun raqobatbardoshli zamonaviy mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rivojlantirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektri va elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida monitoring olib borish, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish borasida huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda telekommunikatsiyalarning alohida xizmatlari turlari roʻyxatini belgilaydi hamda ularga tariflarni va foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, tarmoqlararo ulanishlarning tariflarini belgilangan tartibda kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari yagona davlat reyestrini yuritadi hamda ulardan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga koʻra elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi tizimining moddiy mablagʻlari davlat zaxirasida safarbarlik rejasi, jamgʻarma tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, harbiy qism kuchlari va vositalari bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari aloqasini taʼminlash uchun avariya-tiklash ishlarini bajarishni, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tizimining oʻta muhim obyektlarini qoʻriqlashni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlari, matbuot tarqatish, axborot resurslari va tizimlari bozorini, radiochastota spektridan foydalanishni rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini va faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni tashkil etadi va uni takomillashtirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron kutubxonalar tizimini, kutubxona axborot resurslarini tizimlashtirishni rivojlantirishni, aholi keng qatlamlarining axborot-kutubxona resurslari markazlaridan foydalanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlarini yaratishga, axborot resurslarini shakllantirishga, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarni kengaytirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqi uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlarida xavfsizlik boʻyicha texnik va texnologik talablar, shu jumladan maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida va boshqa tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishlarni nazorat va tahlil qilishni va ularning bajarilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet global tarmogʻi, axborotni, shuningdek bosma mahsulotni yetkazish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi orqali nazorat qilishni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlar asosida, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, bank va moliya sohasida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish indikatorlari va ulardan foydalanish samaradorligi mezonlari va baholash mexanizmini, axborotlashtirish masalalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va marketing tadqiqotlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va xizmatlari, tarmoq standartlari va texnik shartlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini olib borish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning mamlakat va jahon anʼanalarini, shu jumladan maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarini oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioxalaqitlarni, shu jumladan industrial xalaqitlarni bartaraf etish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya tarmoqlarida teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash, Internet tarmogʻi orqali aholining, ayniqsa yosh avlodning dunyoqarashiga va ongiga salbiy taʼsirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida, teleradioeshittirish, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot tizimlarini himoyalashning samarali vositalari va usullari joriy etilishini, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlari joriy etilishini, shuningdek ulardan davlat, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan rioya etilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi masalalari boʻyicha ishlarga rahbarlik qiladi va mazkur ishlarni muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tashkil qilingan yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslarini shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlari, tizimlari va vositalarini yaratish hamda ishlatish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, axborot tizimlari va axborot resurslarining tarmoqlari va vositalari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida alohida muhim va toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnik kuch va vositalaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarining bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini taʼminlash, telekommunikatsiyalar resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish, isteʼmolchilarning telekommunikatsiyalar xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliq qondirish uchun turli operatorlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, idoraviy tarmoqlar egalarini muvofiqlashtirilgan tarzda boshqarish tizimini yaratish, shuningdek tarmoqlardan davlat organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab oqilona foydalanilishini taʼminlash ishlari muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi axborot makonida ruxsatsiz foydalanishga urinishlar va kompyuter virusi hujumlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qilish va harakat qilishning usul hamda vositalaridan foydalanib, Internet tarmogʻining milliy segmentida veb-resurslarning axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha idoralararo hamkorlik qilish mexanizmini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga Davlat qoʻmitasining stipendiyalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya hamda radiochastota spektridan foydalanish sohasida belgilangan tartibda xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlatlararo va hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar hukumatlarining aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi, radiochastota spektridan foydalanish uchun ajratiladigan grantlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha tendyerlar, tanlovlar va savdolar uyushtiradi va ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy vositalar, axborot maʼlumotlar bazalari, milliy axborot resurslari, kontentlar, barcha darajalardagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yoʻnalishida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy bozori rivojlanishi tendensiyalarini va xorij tajribasini hisobga olgan holda taʼlimning yangi yoʻnalishlari uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida taʼlim standartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb qilgan holda oʻquv jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibini tayyorlash va malakasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda hududiy boshqarmalar, oʻziga idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Davlat qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlaridan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Davlat qoʻmitasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha zarur axborotlarni soʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruv organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinida, yongʻinlarda, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ular ishini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish, telekommunikatsiya xizmatlari maxsus foydalanuvchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida, shu jumladan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi orqali pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar xizmatlarini, shuningdek tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari koʻrsatish boʻyicha norma va qoidalarga tashkilotlar tomonidan rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat olib boradigan hamda belgilangan normalar, davlat, tarmoq standartlari, texnik reglamentlar va koʻrsatiladigan pochta va telekommunikatsiya xizmatlari sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar vositalari, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlarining parametrlari buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalardan foydalanishga zarur ruxsatnomalar berish, shuningdek radiochastota spektridan foydalanishni toʻxtatish, toʻxtatib turish va cheklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, texnik reglamentlar va texnik normalarga muvofiq boʻlmaganda fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi taʼminlanmaganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi holatining tahlili va monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida tashkilotlar, operatorlar va provaydyerlar faoliyatini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat va monitoring natijalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilganligi toʻgʻrisida taqdimnoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorining rivojlanish holatini tahlil qilish va oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa toʻlash, mavjud kreditorlik qarzlarni uzish, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, Davlat qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy rivojlanish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish uchun Davlat qoʻmitasining Rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Davlat qoʻmitasining markaziy apparatida va idoraviy mansub boʻlinmalarda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan rais (rahbar) oʻrinbosarlari lavozimiga — maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektri, elektron raqamli imzo, axborot xavfsizligi, teleradioeshittirish, pochta aloqasi sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat qoʻmitasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning taʼminlanishi, shuningdek oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan olti nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi raisi maqomiga koʻra vazirga, Davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari – tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat qoʻmitasining raisi ayni vaqtda Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasining raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat qoʻmitasining raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Davlat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi faoliyati yoʻnalishlarining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar ishlari uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda Davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining, Respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub davlat tashkilotlari hamda ularning boʻlinmalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasining boshqarmalari, boʻlimlari va hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro intizomini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun Davlat qoʻmitasi tizimi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat Davlat qoʻmitasining vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat majlisiga Davlat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majlisda hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa Hayʼat vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat qarorlari Davlat qoʻmitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat faoliyatining tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan Hayʼat reglamenti bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Respublika budjeti hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari, tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Davlat feldyegerlik xizmati, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism), “Respublika maxsus aloqa uzeli” DUK, axborot-kutubxona markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining joriy taʼminoti Respublika budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy kommunikatsiyalar vositalari monitoringi markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi – UNICON.UZ” DUK huzurida faoliyat koʻrsatadigan Aloqa obyektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish xizmati, Atamashunoslik va lugʻatlar xizmati, Kompyuter insidentlariga javob berish xizmati, ZiyoNet tarmogʻi resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan taʼminlash va rivojlantirish guruhi hamda “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat koʻrsatadigan kompyuterlashtirish markazlariga koʻmaklashish guruhining taʼminoti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasi va uning tashkilotlari faoliyati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham moliyalashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish staji‎ Ustama miqdori, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda‎
3 yildan 5 yilgacha boʻlganda‎ 0,3
5 yildan 10 yilgacha boʻlganda‎ 0,4‎
10 yildan 15 yilgacha boʻlganda‎ 0,5‎
15 yil va undan ortiq boʻlganda‎ 0,6‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chorak yakunlari boʻyicha eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bir chorakda bir yoʻla mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari summasi ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshi miqdoridan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni bir yoʻla mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek muayyan muddat xizmat qilganlik uchun mukofot olish huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy mansub xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash oʻz mablagʻlari hisobidan, Davlat qoʻmitasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini Davlat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga Davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, litsenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasiga va Bitimiga, Elektr aloqasi Xalqaro Uyushmasi tavsiyalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining qarorlari va boshqa hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Inspeksiyaga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat qilish, monitoring olib borish va oʻrganish vakolati berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiyaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat va monitoring yakunlari boʻyicha xulosalari Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika budjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti mablagʻlaridan Inspeksiyaning joriy taʼminoti moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan Inspeksiya xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlar moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya faoliyati shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xodimlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq muayyan yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va har oylik toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yil choragi yakunlari boʻyicha xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Inspeksiya tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Inspeksiyaning joylarda oʻz hududiy boʻlinmalari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya tuzilmasiga, zarur hollarda, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Inspeksiyaga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya boshligʻining uning taqdimnomasiga koʻra Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya boshligʻi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hayʼatining, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashining aʼzosi hamda Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya ishchi guruhining rahbari, Komissiyaning masʼul kotibi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar inspeksiyalariga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini koʻrsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida maqsadli yoʻnalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, maʼlumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha malakali kadrlar bilan taʼminlanganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida oʻz vakolatlari doirasida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qoʻllanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati boʻyicha hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining oʻz vaqtida toʻlanishi va haqqoniyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar bilan birgalikda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radiochastota spektridan foydalanishning holati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi, monitoring olib boradi va oʻrganadi, ularning yakunlari boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish va oʻrganishlar natijalari boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlaydi hamda ularni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, maʼlumotlar uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi va baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini oʻrganish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ularni koʻrib chiqish uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyatini qonun hujjatlari talablari bajarilishi boʻyicha oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, litsenziya bitimlari bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida, xavfsizlik boʻyicha texnik va texnologik talablar bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat koʻrsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va nazorat oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari va shartlarini buzgan holda, shuningdek tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan muayyan faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari koʻrsatishda, shuningdek aloqa tarmoqlari, axborot tizimlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ulardan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish vositalari va tizimlari ishlatilishi va yaratilishi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan rioya etilishi monitoringi va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta joʻnatmalari va pul summalari saqlanishi taʼminlanishini, pochta joʻnatmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida oʻtishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida qoʻllanadigan oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish va kalibrlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha murojaatlarini zarur hollarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni oʻrgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar roʻyxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning toʻgʻri qoʻllanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, aloqa, axborotlashtirish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmining toʻliqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring va tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan qoida buzilishlari haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma koʻrsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, qoida buzilishlariga doir Inspeksiya vakolatlariga tegishli boʻlmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy jazo choralarini qoʻllaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, koʻrsatilayotgan pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati buzilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar hisoblaydi, ularga nisbatan sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida belgilangan tartibda yozma koʻrsatmalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa mahsulotlari sifatiga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, texnik shartlar, qoidalar, yoʻriqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya xodimlarini aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek respublika vakolatli organlarining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli boshqaruv organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy matbuot nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati boʻyicha statistik hisobotlarning ishonchligiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va rivojlanishi toʻgʻrisida axborotlarning ishonchliligi taʼminlanishi va oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisoblangan moliyaviy sanksiyalarning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda toʻlanishi va toʻlanayotgan moliyaviy sanksiyalarning summasi toʻgʻriligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaldagi normalar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari bajarilishini, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifatini yaxshilashni, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni profilaktika maqsadida oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta koʻrib chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoida buzilishlar profilaktikasi, ularni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish, mobil aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, aloqa va axborot texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzolar sohasida qoida buzilishlari monitoringini olib borish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektraloqa tarmoqlarining umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlariga ulanishi qoidalarining, jumladan ulanish shartlarining bajarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimlari tarmoqlarida axborot xavfsizligini taʼminlash ishlarining bajarilishi yuzasidan oʻz vakolati doirasida nazoratni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligi texnologiyalarini, shu jumladan foydalanilishi cheklangan maʼlumotlarning himoyalanishini taʼminlash, shuningdek axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi boʻyicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tekshirishlarni belgilangan tartibda oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotlar, hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa materiallarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, normalar hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash doirasida qonun hujjatlarining pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ushbu holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat nazorati tegishli organlariga belgilangan tartibda yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, axborot texnologiyalari sohasidagi masalalarni tekshirish, oʻrganish va koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari talablari va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shuningdek televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda toʻsqinlik qilishga olib kelgan hollarda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha toʻxtatib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlar va materiallarni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalardan oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi texnik hujjatlar, qoidalar, vositalarning ish normalarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, koʻrsatiladigan xizmatlar sifati buzilishining oldini olish maqsadida, ular bilan kelishilgan reja-jadval boʻyicha ularning faoliyatini belgilangan tartibga muvofiq oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert xulosa olish uchun tekshirish va monitoring natijalarini vakolatli organlarga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalarning texnik holati, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha toʻxtatib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimlari talab va shartlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan buzilgan hollarda ularga ogohlantirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish, ularni bekor qilish toʻgʻrisida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaroriga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazoratni amalga oshirish masalalari boʻyicha ekspertiza, tahlil va baholash, shuningdek ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda kamchilikka yoʻl qoʻygan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga davlat nazorati doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Inspeksiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organlarga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining
tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 218 nafar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulardan: boshqaruv xodimlari — 19 nafar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xodimlari — 153 nafar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamchi xodimlar — 46 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 5-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimi kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-dekabrdagi 419-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 67-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarorining 1-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1-ilova hamda 6-ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 8-son, 46-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 9-10-son, 50-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-fevraldagi PQ-277-son qarori)” 2006-yil 16-martdagi 47-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y.. 3-son, 22-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarori)” 2006-yil 21-avgustdagi 178-son qaroriga ilovaning 1 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 22-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2007-yil 2-apreldagi 69-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 17-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2009-yil 22-avgustdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 63-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 40-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimi kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi 263-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-dekabrdagi 306-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2011-yil 10-noyabrdagi 298-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 87-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 64-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 589-modda; 2013-y., 40-son, 528-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda; 2015-y., 15-son, 178-modda, 26-son, 338-modda)