Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.01.1999 yildagi PF-2177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AHOLINI ANIQ YO‘NALTIRILGAN IJTIMOIY MADAD BILAN TA’MINLAShDA FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI ROLINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini yanada oshirish, uning aniq yo‘naltirilishini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ushbu organlarning vakolatlarini va mas’uliyatini kengaytirish maqsadida, shuningdek muhtoj oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad ko‘rsatish borasida to‘plangan ijobiy tajribani e’tiborga olib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1999-yil 1-martidan boshlab aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi chora-tadbirlar bilan bir qatorda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari orqali quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionyerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan aholiga ijtimoiy madad ko‘rsatish chog‘ida ijtimoiy adolat tamoyillariga, qarorlar qabul qilish chog‘ida oshkoralikka, madadning aniq yo‘naltirilishiga rioya etish hamda boqimandalikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish asosiy shartlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi budjetlarini shakllantirish chog‘ida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga ushbu bandda ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratib berilishini ko‘zda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki fuqarolarning yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari uchun “Ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha nafaqalar” va “Yolg‘iz pensionyerlarini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash” maxsus ilova hisobvaraqlarini ochsin
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘z mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag‘lari hisobidan moddiy madadga muhtoj bo‘lgan yosh oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari zimmasiga ijtimoiy imtiyozlarni tayinlash chog‘ida oshkoralik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, shuningdek fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan mablag‘lar qat’iyan aniq maqsad yo‘lida foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Matbuot davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zteleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan yangi yumushlar hamda vazifalar to‘g‘risida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida axborot berib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 13-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2177-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 36-modda; 2001-y., 4-son, 69-modda)