Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
TOShKENT ShAHAR HOKIMINING 2012 YIL 14 IYuNDAGI “TOShKENT ShAHRIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASh, OBODONLAShTIRISh HAMDA SANITARIYA QOIDALARIGA RIOYA QILINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA”GI 495-SONLI QARORINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining 2012-yil 14-iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 495-sonli qarori tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining kommunal xoʻjalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 7-iyul,
170/21-4-son