06.01.1999 yildagi PF-2171-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

IBN SINO XALQARO JAMG‘ARMASINI QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dunyo tibbiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shifokor, olim va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning bashariyatga qoldirgan boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, xususan uning ma’naviy-ma’rifiy merosi asosida vatandoshlarimizni, ayniqsa yoshlarni tarbiyalash, bu umumbashariy merosdan chet el fuqarolarini xabardor etish, insonparvarlik xayriya ishlarini amalga oshirish va sog‘liqni saqlash tizimi islohotida faol ishtirok etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kiritilgan taklif qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamg‘armaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni tezlashtirishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlash tizimini tuzilish jihatidan qayta qurishda, tibbiy-ijtimoiy xayriya tashkilotlarini, nuroniylar uchun gerontologiya (geriatriya) markazlarini ochish va Ibn Sino ta’limoti hamda zamonaviy tibbiyot ilmu fani asosida Sharq tabobatini (xalq tabobatini) rivojlantirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Ali ibn Sinoning ijodiy merosini chuqur o‘rganish ishlarini tashkil etish, maktablar va oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, buyuk olim asarlarini tartibga solish va ularni nashr etishga ko‘maklashish, Ibn Sino kutubxonasini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyuk olim asarlari asosida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitoblar, risolalar, jurnal nashr etish, televideniye va radioda doimiy ishlab turadigan dasturlar ochish, Ibn Sino muzeyini barpo etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ibn Sinoning tibbiy va ilmiy-ma’naviy merosiga oid tadqiqotlar olib borishga, uning fandagi maktablarini o‘rganishga ko‘maklashish, xususan olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlar uchun Ibn Sino nomidagi mukofot ta’sis etish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el olimlari bilan aloqalar o‘rnatish, Ibn Sinoning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar, kongresslar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatning barcha viloyatlarida va xorijiy o‘lkalarda Jamg‘arma bo‘linmalarini tashkil etish, buyuk vatandoshimiz tavallud topgan tuproq — Buxoro shahrida har yili Ibn Sino xalqaro o‘qishlarini o‘tkazib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YUNESKO bilan har tomonlama hamkorlik qilib borish, Jamg‘armaning ravnaq topib borishi uchun moddiy asos yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladigan xayriya mablag‘lari uchun Jamg‘armaning hisob raqami doimo ochiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi va uning bo‘limlari davlat budjetiga to‘lanadigan hamma turdagi soliqlar, boj to‘lovidan besh yil muddatga ozod qilinsin va bular Nizomda ko‘zda tutilgan faoliyatlarni amalga oshirish uchun sarflansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma faoliyatini mablag‘lar bilan ta’minlashning asosiy manbalari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi: davlat grantlari, O‘zbekistonlik va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro investitsiyalar, hayriya badallari va o‘z faoliyatidan tushadigan daromad mablag‘lari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 6-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2171-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 31-modda)