OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2401]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 2-avgustdagi 74-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 11-iyuldagi PF-4547-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2497, 07.08.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 510-modda) muvofiq buyuraman:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 18-iyuldagi 52-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2380, 2012-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 345-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-noyabr,
82-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 19-noyabrdagi 82-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-4482-sonli Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 510-modda) 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. 2012-yilning 1-dekabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi eng kam:
ish haqi — oyiga 79 590 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 155 670 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 155 670 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 95 520 soʻm miqdorida belgilanadi.
2. 2012-yil 1-dekabrdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.
2012-yil 1-dekabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonda belgilangan 1,1 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining sakkiz baravaridan (79 590 soʻm x 8 = 636 720 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha ish haqi inobatga olinadi.
4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 636 720 soʻm (79 590 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (79 590 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2012-yil 19-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari
| Oʻzgartirishlar sanasi va davri | Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori |
| Soʻmlarda: | |
| 01.01.1973-yildan | 70,00 |
| 01.01.1992-yildan | 350,00 |
| 01.03.1992-yildan | (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00 |
| 01.04.1992-yildan | 550,00 |
| 01.07.1992-yildan | 1 000,00 |
| 01.09.1992-yildan | 1 250,00 |
| 01.10.1992-yildan | 2 000,00 |
| 01.01.1993-yildan | 2 500,00 |
| 01.04.1993-yildan | 3 000,00 |
| 01.06.1993-yildan | 7 500,00 |
| 01.07.1993-yildan | 11 250,00 |
| 01.09.1993-yildan | 13 500,00 |
| 01.11.1993-yildan | 16 200,00 |
| Soʻm-kuponlarda: | |
| 01.12.1993-yildan | 24 300,00 |
| 01.01.1994-yildan | 30 000,00 |
| 01.03.1994-yildan | 45 000,00 |
| 01.06.1994-yildan | 70 000,00 |
| Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm): | |
| 01.07.1994-yildan | 70,00 |
| 01.08.1994-yildan | 100,00 |
| 01.03.1995-yildan | 150,00 |
| 01.09.1995-yildan | 250,00 |
| 01.04.1996-yildan | 400,00 |
| 01.09.1996-yildan | 550,00 |
| 01.12.1996-yildan | 600,00 |
| 01.07.1997-yildan | 750,00 |
| 01.07.1998-yildan | 1 100,00 |
| 01.01.1999-yildan | 1 320,00 |
| 01.08.1999-yildan | 1 750,00 |
| 01.08.2000-yildan | 2 450,00 |
| 01.08.2001-yildan | 3 430,00 |
| 01.04.2002-yildan | 3 945,00 |
| 01.08.2002-yildan | 4 535,00 |
| 01.05.2003-yildan | 5 440,00 |
| 01.08.2004-yildan | 6 530,00 |
| 01.05.2005-yildan | 7 835,00 |
| 01.10.2005-yildan | 9 400,00 |
| 01.07.2006-yildan | 10 800,00 |
| 01.11.2006-yildan | 12 420,00 |
| 01.08.2007-yildan | 15 525,00 |
| 01.11.2007-yildan | (15525,00 + 18630,00) / 2 = 17 077,50 |
| 01.12.2007-yildan | 18 630,00 |
| 01.04.2008-yildan | 20 865,00 |
| 01.09.2008-yildan | 25 040,00 |
| 01.11.2008-yildan | (25040,00 + 28040,00) / 2 = 26 540,00 |
| 01.12.2008-yildan | 28 040,00 |
| 01.08.2009-yildan | 33 645,00 |
| 01.12.2009-yildan | 37 680,00 |
| 01.08.2010-yildan | 45 215,00 |
| 01.12.2010-yildan | 49 735,00 |
| 01.08.2011-yildan | 57 200,00 |
| 01.12.2011-yildan | 62 920,00 |
| 01.08.2012-yildan | 72 355,00 |
| 01.12.2012-yildan | 79 590,00 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 531-modda)