OʻzbekiSton Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUNNI UMUMXALQ BAYRAMI DEB EʼLON QILISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8-dekabr umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilinsin.
8-dekabr dam olish kuni hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-dekabr,
724-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., № 1, 5-modda)