Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA MUVOFIQ GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI SOHASIDAGI ISHLARNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan, shuningdek geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar oʻz vakolatlariga muvofiq quyidagilarni taʼminlasinlar:
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni takliflar kiritgan organlarga tegishli xulosalar bergan holda atroflicha oʻrganish;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni ularning geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
geografik obyektlarning tarixiy-madaniy meros, Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-etnik qadriyatlari bilan bogʻliq nomlarini asrash, ularni asossiz qayta nomlashning oldini olish;
geografik obyektlarni Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yoʻl qoʻymaslik;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollarini istisno qilish;
qarorlar qabul qilishda xolislik va oshkoralik, shuningdek geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish tartib-qoidasi va muddatlariga rioya qilish;
geografik obyektlarni odamlarning ismlari bilan, shuningdek tarixiy voqealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga rioya qilish;
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini oʻrganish hamda hisobga olish;
bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida geografik obyektlarga bir xil nomlar berilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
beriladigan nomlarning geografik obyektlar nomlarining geografik obyekt joylashgan joydagi mavjud tizimiga muvofiqligi;
geografik obyektlar nomlarining yanglishishlarga sabab boʻluvchi oʻxshashligini, ushbu nomlar mazmunlarining Oʻzbekiston xalqining tarixi, anʼanalari va madaniyatiga toʻgʻri kelmasligini nazarda tutgan holda, istisno qilish.
Hududiy komissiyalar rahbarlari zimmasiga geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari soʻzsiz bajarilishining taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari oʻn kun muddatda:
tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan hududiy komissiyalarning shaxsiy tarkibini tasdiqlasinlar, komissiyalar tarkibiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlarini, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillarini, shuningdek fan va madaniyat arboblarini, ekspertlarni, mutaxassislarni hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni kiritsinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
2013-yil 25-dekabrgacha “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi talablariga muvofiq rasmiy kartografiya va maʼlumotnoma nashrlari, statistika, arxiv, tarixiy va boshqa manbalar maʼlumotlari asosida tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlari hamda ularning tarkibiy qismlari nomlarini xatlovdan oʻtkazish va maqbullashtirish ishlarini amalga oshirsinlar;
amalga oshirilgan ishlar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga belgilangan tartibda tegishli takliflar kiritsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi:
mavjud boʻlinmalar negizida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga idoraviy mansub tashkilotlar boshqaruv xodimlarining soni doirasida Respublika toponimika xizmatini tashkil etsin, unga davlat ekspertizasidan oʻtkazish, toponimik va boshqa ilmiy tadqiqotlarni bajarish, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini tuzish va yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar, geografik obyektlarning nomlari kataloglari hamda maʼlumotnomalarini ishlab chiqish funksiyalarini yuklasin;
rasmiy kartografiya va maʼlumotnoma nashrlari, statistika, arxiv, tarixiy hamda boshqa manbalar maʼlumotlari asosida geografik obyektlarning nomlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ilmiy asoslangan, tizimli ishlarni tashkil etsin;
uch oy muddatda geografiya va toponimika sohasi ekspertlarini, shuningdek tegishli tarmoqlar yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishning samarali tizimini ishlab chiqsin hamda joriy qilsin;
uch oy muddatda Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini tuzish va yuritish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin, maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan hamda “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, geografik obyektlarning nomlarini belgilash, maqbullashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek ularning rasmiy kataloglari va maʼlumotnomalarini tayyorlash hamda nashr etish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi uchun har yili nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Respublika komissiyasi 2014-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga geografik obyektlarni nomlash sohasidagi ishlarni tartibga solish borasida bajarilgan ishlarning yakunlari toʻgʻrisida axborot va paydo boʻlayotgan masalalarni hal etish hamda Qonun talablarining ijro etilishini nazorat qilishga oid tegishli umumlashtirilgan takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga 2014/2015 oʻquv yilidan boshlab, 5440500 “Geografiya” taʼlim yoʻnalishlari asosida “Toponimika” mutaxassisligi boʻyicha magistraturada kadrlar tayyorlashni boshlash toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
9. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-maydagi 203-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari boʻyicha ayrim qarorlarining oʻzgartirilishi, toʻldirilishi va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-avgustdagi 383-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 78-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 8-bandi “b” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 97-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini yuritadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-oktabr,
295-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari koʻrib chiquvchi, shuningdek “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus organ hisoblanadi.
2. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Respublika komissiyasining tarkibi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda xodimlaridan, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillaridan, shuningdek fan va madaniyat arboblaridan, ekspertlardan, mutaxassislardan hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslardan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika komissiyasi aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
II. Respublika komissiyasining vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
geografik obyektlarning Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bogʻliq nomlari asralishini taʼminlash, ularning asossiz qayta nomlanishining oldini olish;
geografik obyektlarni Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari hamda mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yoʻl qoʻymaslik;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollarini istisno qilish.
4. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tumanlar, shaharlar, viloyatlar, tabiiy obyektlar, transport hamda muhandislik-texnik infratuzilma obyektlarini nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganishni tashkil etadi hamda tegishli xulosalar beradi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joʻnatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlar, shaharlar, viloyatlar, tabiiy obyektlar, transport hamda muhandislik-texnik infratuzilma obyektlarini nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tayinlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
toponimik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, kartografik, arxivga oid, tarixiy va boshqa materiallarni atroflicha oʻrganish, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
geografik obyektlarni asossiz qayta nomlashning, ularga Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar berilishining oldini olish, ushbu sohada mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonining xolisona hamda oshkora boʻlishini taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tomonidan geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
geografik obyektlarning nomlaridan foydalanish va ularni asrash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini samarali amalga oshirishga qaratilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
III. Respublika komissiyasining huquqlari va javobgarligi
5. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun quyidagi huquqlarga ega:
zarur boʻlganda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlardan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy komissiyalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
hududiy komissiyalar qarorlarining qabul qilinishi va ijro etilishi tizimli monitoringini amalga oshirish hamda ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish.
6. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Respublika komissiyasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
IV. Respublika komissiyasining faoliyatini tashkil qilish
7. Respublika komissiyasiga uning raisi hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladi.
8. Respublika komissiyasining raisi:
Respublika komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Respublika komissiyasi aʼzolarining vazifalarini belgilaydi va ularga yuklangan vazifalarni bajarish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Respublika komissiyasining ish rejalarini, koʻrib chiqish uchun tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
Respublika komissiyasi majlislarining kun tartibini va chaqirilishini belgilaydi;
Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
Respublika komissiyasining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshiradi.
9. Respublika komissiyasining aʼzolari:
Respublika komissiyasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda ishtirok etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika komissiyasiga geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashning dolzarb masalalari boʻyicha takliflar kiritadilar;
Respublika komissiyasi muhokama qiladigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadilar.
Respublika komissiyasi aʼzolari Respublika komissiyasidagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
10. Respublika komissiyasining kotibi:
Respublika komissiyasining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Respublika komissiyasining majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
majlislarning oʻtkaziladigan vaqti va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini Respublika komissiyasining raisi bilan kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika komissiyasining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Respublika komissiyasi qarorlarining bajarilishi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Respublika komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Respublika komissiyasining protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Respublika komissiyasining aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Respublika komissiyasi oʻz ishini oʻzi tasdiqlagan rejalar asosida tashkil qiladi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra oʻtkazadi. Respublika komissiyasining raisi tomonidan Respublika komissiyasi aʼzolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablar va asoslar bayon etilishi lozim boʻlgan yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Respublika komissiyasining majlisini uning raisi olib boradi. Respublika komissiyasining raisi boʻlmagan taqdirda majlisni Respublika komissiyasi aʼzolaridan biri boshqaradi.
Respublika komissiyasining majlisi oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yigʻilmagan taqdirda, Respublika komissiyasining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlisni oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Respublika komissiyasining majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga qarab davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
V. Respublika komissiyasi tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
14. Respublika komissiyasining qarori Respublika komissiyasining majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Respublika komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Respublika komissiyasining uzil-kesil qarorini qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan davlat ekspertizasining xulosasi inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika komissiyasining har bir aʼzosi qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
15. Respublika komissiyasining raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Respublika komissiyasining qarorlarini uning aʼzolari bilan soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha tasdiqlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Respublika komissiyasining qarorlari Respublika komissiyasi majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Respublika komissiyasi majlisining protokoliga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, uni kotib imzolaydi, Respublika komissiyasining raisi tasdiqlaydi va u bir hafta muddatda Respublika komissiyasining aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Respublika komissiyasi protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Respublika komissiyasi qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam ravishda oʻz majlislarida koʻrib chiqadi.
19. Respublika komissiyasining ish tartibi Reglament bilan belgilanadi. Reglament Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
20. Respublika komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
VI. Respublika komissiyasining atributlari
21. Respublika komissiyasi belgilangan namunadagi, oʻz nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muhridan foydalanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini koʻrib chiquvchi, shuningdek “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus organlar hisoblanadi.
2. Hududiy komissiyalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladilar.
Hududiy komissiyalarning tarkibi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda xodimlaridan, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillaridan, shuningdek fan va madaniyat arboblaridan, ekspertlardan, mutaxassislardan hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslardan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hududiy komissiyalar aʼzolarining shaxsiy tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
II. Hududiy komissiyalarning vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
geografik obyektlarning Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bogʻliq nomlari asralishini taʼminlash, ularning asossiz qayta nomlanishining oldini olish;
geografik obyektlarni Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari hamda mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yoʻl qoʻymaslik;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollarini istisno qilish.
4. Hududiy komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganishni tashkil etadilar hamda tegishli xulosalar beradilar, ularni ushbu takliflarni kiritgan tumanlar, shaharlar hokimlariga joʻnatadilar;
qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradilar;
toponimik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, kartografik, arxivga oid, tarixiy va boshqa materiallarni atroflicha oʻrganish, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini muvofiqlashtiradilar;
geografik obyektlarni asossiz qayta nomlashning, ularga Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar berilishining oldini olish, ushbu sohada mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonining xolisona hamda oshkora boʻlishini taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;
oʻz vakolatlari doirasida geografik obyektlarning nomlaridan foydalanish va ularni asrash yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini samarali amalga oshirishga qaratilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tayinlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Hududiy komissiyalarning huquqlari va javobgarligi
5. Hududiy komissiyalar ularga yuklangan vazifalarning ijro etilishini taʼminlash uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlardan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
zarurat boʻlganda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
6. Hududiy komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.
Hududiy komissiyalar oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yili tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga hisobot beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga axborot taqdim etadilar.
Tumanlar va shaharlar komissiyalari har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida tegishli ravishda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalariga axborot taqdim etadilar.
IV. Hududiy komissiyalarning faoliyatini tashkil qilish
7. Hududiy komissiyaga uning raisi hisoblanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyat, tuman, shahar hokimi boshchilik qiladi.
8. Hududiy komissiya raisi:
hududiy komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
hududiy komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilaydi va ularga yuklangan vazifalarni bajarish ishlarini muvofiqlashtiradi;
hududiy komissiyaning ish rejalarini, tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
hududiy komissiya majlislarining kun tartibini va chaqirilishini belgilaydi;
hududiy komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
hududiy komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshiradi.
9. Hududiy komissiyaning aʼzolari:
hududiy komissiya majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda ishtirok etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy komissiyaga geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashning dolzarb masalalari boʻyicha takliflar kiritadilar;
hududiy komissiya tomonidan muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadilar.
Hududiy komissiya aʼzolari komissiyadagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
10. Hududiy komissiya kotibi:
hududiy komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha hududiy komissiyaning majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
majlislarning oʻtkaziladigan vaqti va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini hududiy komissiya raisi bilan kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
hududiy komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini yuritadi va uning natijalarini komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;
hududiy komissiyaning protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni hududiy komissiyaning aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Hududiy komissiya oʻz ishini oʻzi tasdiqlagan rejalar asosida tashkil qiladi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra oʻtkazadi. Hududiy komissiya raisi tomonidan hududiy komissiya aʼzolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablar va asoslar bayon etilishi lozim boʻlgan yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hududiy komissiyaning majlisini uning raisi olib boradi. Hududiy komissiya raisi boʻlmagan taqdirda majlisni komissiya aʼzolaridan biri boshqaradi.
Hududiy komissiyaning majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yigʻilmagan taqdirda hududiy komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlisni oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Hududiy komissiyaning majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga qarab davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
V. Hududiy komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
14. Hududiy komissiyaning qarori majlisda qatnashayotgan hududiy komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda hududiy komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy komissiyalarining uzil-kesil qarorni qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan ekspertiza xulosasi inobatga olinadi.
Hududiy komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
15. Hududiy komissiyaning raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida hududiy komissiyaning qarorlarini uning aʼzolari bilan soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha tasdiqlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Hududiy komissiyaning qarorlari hududiy komissiya majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Hududiy komissiya majlisining protokoliga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, uni kotib imzolaydi, hududiy komissiyaning raisi tasdiqlaydi va u bir hafta muddatda hududiy komissiyaning aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Hududiy komissiya protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklarining ijro etuvchi apparatida saqlanadi.
18. Hududiy komissiya kotibi komissiya aʼzolari yordamida komissiya qarorlarining bajarilishini muntazam oʻrganib boradi, zarurat boʻlganda hududiy komissiya raisiga tegishli takliflar kiritadi.
19. Hududiy komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam ravishda oʻz majlislarida koʻrib chiqadi.
20. Hududiy komissiyaning ish tartibi Reglament bilan belgilanadi. Reglament hududiy komissiya tomonidan qabul qilinadi.
21. Hududiy komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
VI. Hududiy komissiyaning atributlari
22. Hududiy komissiyalar belgilangan namunadagi, oʻz nomi yozilgan blankalarga ega boʻladilar va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklarining muhridan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 42-son, 490-modda; 2017-y., 30-son, 733-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)