O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sud ijrochilari tomonidan soliq qarzdorligini undirish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sud qarorlari sud ijrochilari tomonidan so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 12-bandi “Shakllantirish manbai” ustunining yettinchi pozitsiyasidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni” so‘zlari “qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-oktabr,
290-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 41-42-son, 480-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda)