Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OILAVIY KORXONA TOMONIDAN FOYDALANISHGA YOʻL QOʻYILMAYDIGAN MODDALAR, MATERIALLAR VA ASBOB-USKUNALAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda 2012-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
*ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatning oilaviy korxonalarga yetkazilishini va ular tomonidan unga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, boshqa vakolatli davlat organlari oilaviy korxonalarga faoliyatning ayrim turlariga litsenziyalarni, shuningdek ishlarning baʼzi turlariga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga qatʼiy amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek “Mahalla” fondi bilan birgalikda, oilaviy korxonalar faoliyati tahlilini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatni kengaytirish yoki undan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarni chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-sentabr,
269-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 430-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)