11.09.2012 yildagi O‘RQ-333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING FAOLIYATIGA QONUNGA XILOF RAVIShDA ARALAShGANLIK UChUN JAVOBGARLIK JORIY ETILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 12-iyulda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda) quyidagi mazmundagi 2061-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2061-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, yaʼni qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlar berilmagan mansabdor shaxs yoxud boshqa shaxs tomonidan oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) tekshirishlar oʻtkazish, ushbu subyektlarning faoliyatini va (yoki) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda bunday shaxs tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarida pul mablagʻlari bor-yoʻqligi haqida axborot talab qilib olish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha harakatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha harakatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) quyidagi mazmundagi 2412-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2412-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, yaʼni qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlar berilmagan mansabdor shaxs yoxud boshqa shaxs tomonidan oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) tekshirishlar oʻtkazish, ushbu subyektlarning faoliyatini va (yoki) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda bunday shaxs tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarida pul mablagʻlari bor-yoʻqligi haqida axborot talab qilib olish, –
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 245-moddaning birinchi qismi “2411” raqamidan keyin “2412” raqami bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ–333-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 423-modda)