Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.08.2012 yildagi 234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 30.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-2015 YILLARDA NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARI IShLAB ChIQARISh HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh VA TURLARINI KENGAYTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilsinki, 2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor vazifalari toʻgʻrisida hamda raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va oʻzlashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish doirasida faqat 2011-yilning oʻzidagina toʻqimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoatida 14 ta yangi korxonani hamda charm-poyabzal sanoatida 15 ta korxonani ishga tushirish taʼminlandi. Bundan tashqari, yana 14 ta toʻqimachilik va tikuvchilik-trikotaj hamda 17 ta charm-poyabzal korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiya qilindi va kengaytirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlarning ishlab chiqarish salohiyatini modernizatsiya qilish va yangilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2011-yilda tayyor toʻqimachilik mahsulotlarining 48 ta yangi turlarini va 24 ta charm-poyabzal mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 2005 — 2011-yillar davrida toʻqimachilik va tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,2 baravarga, poyabzal ishlab chiqarish — 3,8 baravarga, charm mahsulotlari ishlab chiqarish — 11,6 baravarga koʻpaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ravishda ortib borayotgan toʻlovga qodir ehtiyoji mamlakatimizda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari, eng avvalo, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini jadal koʻpaytirishni va turlarini kengaytirishni talab qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan zamonaviy, sifatli nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish taʼminlanishini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012 — 2015-yillarda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2012 — 2015-yillarda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirishga doir maqsadli parametrlarni hududlar boʻyicha bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan maqsadli prognoz parametrlariga muvofiq aniq ishlab chiqaruvchi korxonalarni belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq ilgari tasdiqlanganlarga qoʻshimcha ravishda 2012 — 2014-yillarda toʻqimachilik, tikuvchilik-trikotaj va charm-poyabzal sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish boʻyicha yangi investitsiya loyihalari roʻyxati 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan toʻqimachilik, tikuvchilik-trikotaj korxonalarining mahsulotlari ularni ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi miqdorida eksportga realizatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq charm-poyabzal sanoati korxonalarining mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek mahsulotni eksportga yetkazib berishni kengaytirish dasturlari doirasida ichki bozorni yanada toʻliq taʼminlashga va importning oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 2 va 3-ilovalarda koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun kiritsinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda quvvatlarni ishga tushirish muddatlarini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 2013-2014-yillar uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularga ushbu qaror bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorda nazarda tutilgan toʻqimachilik, tikuvchilik-trikotaj va charm-poyabzal sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlariga erishilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin, yakuniy axborotlarni har chorakda oʻz majlislarida koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 2-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
234-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 359-modda, 52-son, 587-modda)