OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2012 YIL 5 IYuLDAGI PF-4450-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2380]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 19-noyabrdagi 82-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2401, 21.11.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 28-son, 308-modda) muvofiq buyuraman:
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 18-noyabrdagi 71-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF–4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2284, 2011-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 48-son, 495-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-iyul,
52-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 18-iyuldagi 52-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF–4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-4450-sonli Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 28-son, 308-modda) asosan, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. 2012-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 72 355 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 141 520 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 141 520 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 86 835 soʻm miqdorida belgilanadi.
2. 2012-yil 1-avgustdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.
2012-yil 1-avgustgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonda belgilangan 1,15 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (72 355 soʻm x 8 = 578 840 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.
4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 578 840 soʻm (72 355 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (72 355 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2012-yil 18-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi
miqdorlari
| Oʻzgartirishlar sanasi va davri | Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori |
| Soʻmlarda: | |
| 01.01.1973-yildan | 70,00 |
| 01.01.1992-yildan | 350,00 |
| 01.03.1992-yildan | (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00 |
| 01.04.1992-yildan | 550,00 |
| 01.07.1992-yildan | 1 000,00 |
| 01.09.1992-yildan | 1 250,00 |
| 01.10.1992-yildan | 2 000,00 |
| 01.01.1993-yildan | 2 500,00 |
| 01.04.1993-yildan | 3 000,00 |
| 01.06.1993-yildan | 7 500,00 |
| 01.07.1993-yildan | 11 250,00 |
| 01.09.1993-yildan | 13 500,00 |
| 01.11.1993-yildan | 16 200,00 |
| Soʻm-kuponlarda: | |
| 01.12.1993-yildan | 24 300,00 |
| 01.01.1994-yildan | 30 000,00 |
| 01.03.1994-yildan | 45 000,00 |
|
01.06.1994-yildan |
70 000,00 |
| Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm): | |
| 01.07.1994-yildan | 70,00 |
| 01.08.1994-yildan | 100,00 |
| 01.03.1995-yildan | 150,00 |
| 01.09.1995-yildan | 250,00 |
| 01.04.1996-yildan | 400,00 |
| 01.09.1996-yildan | 550,00 |
| 01.12.1996-yildan | 600,00 |
| 01.07.1997-yildan | 750,00 |
| 01.07.1998-yildan | 1 100,00 |
| 01.01.1999-yildan | 1 320,00 |
| 01.08.1999-yildan | 1 750,00 |
| 01.08.2000-yildan | 2 450,00 |
| 01.08.2001-yildan | 3 430,00 |
| 01.04.2002-yildan | 3 945,00 |
| 01.08.2002-yildan | 4 535,00 |
| 01.05.2003-yildan | 5 440,00 |
| 01.08.2004-yildan | 6 530,00 |
| 01.05.2005-yildan | 7 835,00 |
| 01.10.2005-yildan | 9 400,00 |
| 01.07.2006-yildan | 10 800,00 |
| 01.11.2006-yildan | 12 420,00 |
| 01.08.2007-yildan | (15 525,00 + 18 630,00) / 2 = 17077,50 |
| 01.12.2007-yildan | 18 630,00 |
| 01.04.2008-yildan | 20 865,00 |
| 01.09.2008-yildan | 25 040,00 |
| 01.11.2008-yildan | (25 040,00 + 28 040,00) / 2 = 26 540,00 |
| 01.12.2008-yildan | 28 040,00 |
| 01.08.2009-yildan | 33 645,00 |
| 01.12.2009-yildan | 37 680,00 |
| 01.08.2010-yildan | 45 215,00 |
| 01.12.2010-yildan | 49 735,00 |
| 01.08.2011-yildan | 57 200,00 |
| 01.12.2011-yildan | 62 920,00 |
|
01.08.2012-yildan |
72 355,00 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 345-modda, 46-47-son, 531-modda)