Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAMDA BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF–4436-son Farmoni 10-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ–1666-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning kuchi “Angren” maxsus industrial zonasi hududida amalga oshirilayotgan faoliyatga daxldor emas”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda Angren sanoat zonasi ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalar amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruhni tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 4-avgustdagi F–3689-son Farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-iyun,
PQ–1769-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 289-modda)