12.03.2004 yildagi 115-son
Hujjat 20.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiy sudlarning e’tibori qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ishtirokidagi nizolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-sonli, “Qishloq xo‘jaligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-sonli, “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli, “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli, “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli, “Qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli, “Fermer xo‘jaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi lozimligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi ijaraga berilgan muddatning tugaganlik holati yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bekor bo‘lishiga asos bo‘lishini e’tiborga olsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 553-moddasida nazarda tutilgan, mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom bo‘lganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida noma’lum muddatga qayta tuzilgan deb hisoblanishi to‘g‘risidagi qoidalar yerdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ammo ijaraga oluvchi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqalarga nisbatan teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Iqtisodiy sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorining o‘zigina yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni vujudga keltirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran fermer xo‘jaligi tashkil etilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Iqtisodiy sudlar shuni e’tiborga olsinlarki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 18-bandiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-sonli qarorining 3-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilganlar.
Oldingi tahrirga qarang.