12.03.2004 yildagi 115-son
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiy sudlarning e’tibori qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilar ishtirokidagi nizolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi va 2003-yil 27-oktabrdagi “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4478-son farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi “Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 8-son, 2003-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 383-son, 2003-yil 5-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 486-son qarorlari, 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi “Fermer xo‘jaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 22-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi lozimligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasini ajratish haqidagi arizasi mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan “Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan tartiblarda va muddatlarda ko‘rib chiqilmaganda, hokimlikning bu harakati (harakatsizligi) ustidan fermer xo‘jaligi bergan shikoyatini iqtisodiy sud ish yurituviga qabul qilib, mazmunan ko‘rib chiqishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Iqtisodiy sudlar fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularga yer uchastkalari ajratib berish bo‘yicha “Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan qoidalar, jumladan tanlov o‘tkazish, yer uchastkalari berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini rasmiylashtirish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilgan har bir holatga huquqiy baho berib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi ijaraga berilgan muddatning tugaganlik holati yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bekor bo‘lishiga asos bo‘lishini e’tiborga olsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 553-moddasida nazarda tutilgan, mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom bo‘lganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida noma’lum muddatga qayta tuzilgan deb hisoblanishi to‘g‘risidagi qoidalar yerdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ammo ijaraga oluvchi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqalarga nisbatan teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Iqtisodiy sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorining o‘zigina yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni vujudga keltirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran fermer xo‘jaligi tashkil etilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni qishloq xo‘jalik korxonalariga, shu jumladan fermer xo‘jaliklariga nisbatan ham tatbiq etilishini, ushbu Qonunning 162-moddasi 4-qismi talablariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxsni tashkil etgan holdagi Dehqon xo‘jaliklariga nisbatan tashqi boshqaruv taomili joriy etilmasligini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Iqtisodiy sudlar e’tiborlarini shu holatga qaratsinlarki, fermer xo‘jaligini bankrot deb e’tirof etish uni tugatishga olib keladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining yettinchi qismiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Iqtisodiy sudlar shuni e’tiborga olsinlarki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 2-bandiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga nisbatan shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi yuzasidan beriladigan da’vo arizalari bo‘yicha, 16-bandiga muvofiq tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar manfaatlarini ko‘zlab kiritiladigan da’vo arizalari bo‘yicha, 29-bandiga muvofiq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari fermer xo‘jaliklarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilganlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.