Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2021 12.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2361
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2021
Hujjat 22.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IChKI AUDIT XIZMATI XODIMLARINI SERTIFIKATLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2361]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 49-sonli ““Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2361-2, 17.08.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda) muvofiq, buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 2-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 2-apreldagi 90-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda) muvofiq, ichki auditor sertifikatini berish, amal qilishini uzaytirish, tugatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ichki auditor sertifikati – ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun ichki auditorning professional malakasini tasdiqlovchi hujjat (bundan keyingi oʻrinlarda sertifikat deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sertifikat daʼvogar tomonidan malaka imtihoni (bundan keyingi oʻrinlarda imtihon deb yuritiladi) muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda, auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari (bundan keyingi oʻrinlarda auditorlarning jamoat birlashmalari deb yuritiladi) tomonidan besh yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sertifikat egasi sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili malaka oshirish kurslaridan oʻtishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Imtihon oʻtkazuvchi komissiya (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlarning jamoat birlashmalari vakillari, zaruriyat boʻlganda, buxgalteriya hisobi, audit, soliq solish va xoʻjalik huquqi sohalarining yetakchi mutaxassislari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kamida beshta aʼzodan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sertifikat olish, amal qilishini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun daʼvogar (sertifikat egasi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan miqdorlarda yigʻim toʻlanadi. Yigʻim auditorlarning jamoat birlashmalari hisob raqamiga oʻtkaziladi va imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Yigʻim toʻlash uchun bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Auditorlarning jamoat birlashmalari huzuridagi auditorlarni tayyorlash markazlari – auditorlarni oʻqitish va malakasini oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, faqat auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan taʼsis etiladigan nodavlat taʼlim muassasasi (bundan keyingi oʻrinlarda oʻquv markazlari deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻquv markazlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan ichki auditorlarni tayyorlash dasturi (bundan keyingi oʻrinlarda tayyorlov dasturi deb yuritiladi) boʻyicha 80 soatli maxsus oʻquv kurslarni hamda ichki auditorlar uchun malaka oshirish dasturi boʻyicha 20 soatli kurslarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat blankasiga sertifikat egasining har yili malaka oshirish kursini oʻtaganligini tasdiqlovchi yozuv kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay sertifikat egasining malaka oshirish kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Auditorlarning jamoat birlashmalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon oʻtkazishni tashkil qiladi, shuningdek oʻzlarining veb-saytlariga imtihon oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi axborotni joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlov dasturi asosida test savollarini va javob variantlarini tuzadi hamda ularni imtihon oʻtkazish sanasidan yigirma kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv markazlarida oʻquv jarayoni tayyorlov va malaka oshirish dasturlari asosida tashkil etilganligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvogarlarni imtihonga qoʻyish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga imtihon oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay imtihon natijalari boʻyicha daʼvogarlarga berilgan sertifikatlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Daʼvogarga qoʻyiladigan malaka talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sertifikat olish uchun imtihonga quyidagi malaka talablariga javob beradigan daʼvogarlar (bundan keyingi oʻrinlarda daʼvogar deb yuritiladi) qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oliy iqtisodiy maʼlumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlimga ekvivalent deb eʼtirof etilgan oliy iqtisodiy maʼlumotga hamda oliy taʼlim muassasasini tugallaganidan soʻng oxirgi oʻn yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, moliya yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish boʻyicha amaliy ish stajiga (shu jumladan oʻrindoshlik boʻyicha) ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy boʻlmagan oliy maʼlumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlimga ekvivalent deb eʼtirof etilgan iqtisodiy boʻlmagan oliy maʼlumotga hamda oliy taʼlim muassasasini tugallaganidan soʻng oxirgi oʻn yil ichida kamida uch yillik auditor, auditor yordamchisi, buxgalter, revizor, soliq maslahatchisi, soliq inspektori, ichki auditor xizmati xodimi sifatida ish stajiga (shu jumladan, oʻrindoshlik asosida) ega boʻlish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻquv markazlarida maxsus tayyorlov kursini oʻtaganlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi sertifikatlardan biriga ega boʻlgan daʼvogarlarga maxsus tayyorlov kursini oʻtamagan boʻlsa ham imtihon topshirishga ruxsat beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorning malaka sertifikati (ariza berilgan sanada mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugashiga 6 oydan koʻp vaqt qolgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq maslahatchisi malaka sertifikati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalter xalqaro sertifikati (SAR – Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi, CIPA – Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter va boshqalar), buxgalter xalqaro sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab, har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Imtihonda ishtirok etish uchun auditorlarning jamoat birlashmalaridan biriga daʼvogar tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shakldagi arizaga ilova qilingan holda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklga muvofiq toʻldirilgan anketa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial yoki uni bergan oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat daftarchasidan notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkita fotosurat (3 x 4 sm oʻlchamda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus tayyorlov kursini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi yoki auditor yoki soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi yoxud buxgalter xalqaro sertifikatini olgan yildan keyingi yildan boshlab, buxgalter xalqaro sertifikati egasining har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnomaning va buxgalter xalqaro sertifikatining notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizani koʻrib chiqish uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus tayyorlov kursini tugatgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha boʻlgan vaqt oraligʻi bir yildan koʻp boʻlmaganda guvohnoma haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Daʼvogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim unga qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hujjatlar daʼvogar tomonidan shaxsan yoki pochta orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Imtihon topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Auditorlarning jamoat birlashmalari ariza kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Daʼvogarga quyidagi hollarda imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan belgilangan malaka talablariga javob bermasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim qilinganda yoki toʻliq taqdim etilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish asoslari koʻrsatilgan holda auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan daʼvogarning anketasida koʻrsatilgan manzilga yoki uning elektron manziliga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun daʼvogarga oʻn kun muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hujjatlar uch kun ichida qayta koʻrib chiqiladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilgan arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar oʻn kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, daʼvogarning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Imtihon topshiradigan daʼvogarlarning tasdiqlangan roʻyxati auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan komissiyaga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Guruhlarning shakllanishiga (kamida 10 kishi va koʻpi bilan 20 kishi) qarab imtihon oʻtkaziladi. Guruhlar daʼvogarlarning arizalarini roʻyxatga olish ketma-ketligida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon topshirishga ruxsat berilgan daʼvogarlarga imtihon oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn besh kun oldin imtihon oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi xabarnomani auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiradi hamda daʼvogarning anketada koʻrsatilgan manziliga pochta orqali yoki elektron xabar koʻrinishida yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. Sertifikat olish uchun imtihon topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvogarlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon oʻtkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnik vositalar bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va materiallar saqlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Daʼvogarlar imtihon topshirishga pasporti bilan kiritiladi. Pasporti boʻlmagan yoki imtihonga kechikkan daʼvogarlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi hamda imtihon topshirishga ruxsat berilgan navbatdagi shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Daʼvogar auditorlarning jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab ikki marotaba imtihon topshirishga kelmagan taqdirda, daʼvogar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qaytarib yuboriladi. Hujjatlar mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Imtihon uch soat ichida yozma shaklda test oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Har bir daʼvogar tomonidan roʻyxat raqami, test savollari hamda maxsus test blankalari olinadi (bundan keyingi oʻrinlarda test blankasi deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya raisi tomonidan imzo qoʻyilmagan test blankasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Test savollari auditorlarning jamoat birlashmalari taqdim etgan savollar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Test savollari qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Imtihon savollari tayyorlov dasturi boʻyicha tuziladigan 60 ta test savolidan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Daʼvogarga har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball, notoʻgʻri javob uchun yoki javob boʻlmasa 0 ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Test natijalarini ijobiy deb tan olish uchun asos boʻlib hisoblanadigan toʻgʻri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Begona shaxslarning imtihonda qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Imtihon oʻtkazishga ajratilgan vaqt tugagach, daʼvogar test blankasini test savollari bilan birga komissiyaga topshiradi. Test blankasida daʼvogarning roʻyxat raqamidan tashqari axborotlar (daʼvogarning ismi, familiyasi, otasining ismi, shuningdek daʼvogarning shaxsini aniqlash imkonini beradigan boshqa biror bir belgi) boʻlmasligi lozim. Ushbu talablarni buzgan daʼvogar imtihon topshirmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Imtihon oʻtkazilayotganda daʼvogarga quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyali aloqa telefonlari yoki boshqa texnik vositalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro gaplashish, yordam hamda maslahat va tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test savollarini auditoriyadan olib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talablarni buzgan daʼvogarlar dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda auditoriyadan chiqarib yuboriladi va imtihon topshira olmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Imtihon natijalari komissiya tomonidan imtihon oʻtkazilgandan soʻng ikki kun ichida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Imtihon topshira olmagan daʼvogarlarga yigʻim qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Imtihon topshirish natijalari salbiy baholangan daʼvogarning hujjatlari qaytarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Imtihon topshira olmagan daʼvogarlar imtihon topshirish uchun hujjatlarni mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta taqdim etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Imtihonda ishtirok etish uchun daʼvogarlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda komissiyaning yigʻilish bayonnomalari besh yil mobaynida auditorlarning jamoat birlashmalarida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI bob. Imtihon natijasi boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Imtihon natijalari salbiy baholangan daʼvogarlar natijalar eʼlon qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yozma ravishda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Berilgan apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan bir hafta ichida koʻrib chiqiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchi yozma ravishda xabardor qilinadi. Ariza beruvchi apellatsiya shikoyatining koʻrib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon tayinlash toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon natijalarini oʻzgartirish va ijobiy baholash toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellatsiya shikoyatida keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellatsiya shikoyati mazkur Nizomning 43-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida taqdim etilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon tayinlash toʻgʻrisidagi qaror imtihon mazkur Nizom talablarini buzgan holda oʻtkazilganda qabul qilinadi. Bunday hollarda ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Imtihon natijalarini oʻzgartirish va ijobiy baholash toʻgʻrisidagi qaror imtihon savollari boʻyicha berilgan javoblar notoʻgʻri baholanganda va toʻgʻri javoblar miqdori mazkur Nizomning 34-bandi talabiga muvofiq kelgan hollarda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII bob. Sertifikatni rasmiylashtirish va berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Imtihon natijalari komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va auditorlarning jamoat birlashmalariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Sertifikat imtihonda qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Sertifikat mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi. Sertifikat auditorlarning jamoat birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq boʻshliqlarsiz (X...X 000000 tarzida) raqamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Sertifikat blankalari qatʼiy hisobot hujjati hisoblanadi va qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan auditorlarning jamoat birlashmalari buyurtmasiga koʻra tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Auditorlarning jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan va qayta rasmiylashtirilgan, shuningdek dublikatlari berilgan sertifikat blankalari hisobini yuritadi hamda saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Sertifikat imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan soʻng oʻn kun ichida rasmiylashtiriladi va sertifikat egasiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga ichki auditorlar reyestriga imzo qoʻydirish orqali beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Daʼvogar sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olish uchun kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy voz kechsa, auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan ushbu sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII bob. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq uning amal qilish muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolgan boʻlsa, auditorlarning jamoat birlashmasiga uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ushbu Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Sertifikatning amal qilish muddati mazkur Nizomning 58-bandida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda sertifikat egasi tomonidan imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Sertifikatning amal qilishi sertifikat blankasida koʻrsatilgan muddatning tugash sanasidan boshlab besh yil muddatga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan sertifikat blankasiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat blankasidagi uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ajratilgan tegishli rekvizitlar toʻlgan boʻlsa, ilgari berilgan raqam bilan yangi sertifikat beriladi. Yangi sertifikat blankasining pastki oʻng burchagiga ilgari berilgan sertifikat haqidagi axborotlar yozib qoʻyiladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Sertifikat egasining familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgarganda, oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga mazkur Nizomning 4-ilovasida belgilangan shakldagi arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan sertifikatning asl nusxasi hamda oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan qayta rasmiylashtiriladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat oʻrniga sertifikat egasining mazkur Nizomning 4-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Sertifikat egasi sertifikati yoʻqolganligini matbuotda eʼlon qilishi va uning matbuotda eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi axborotni tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga taqdim etishi lozim. Sertifikat dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Yaroqsiz holga kelgan sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yoʻq qilish uchun qaytarib berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik hamda uning dublikatini berganlik uchun ariza topshirilgan sanadagi eng kam ish haqining toʻrtdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX bob. Sertifikatning amal qilishini tugatish va bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat egasining arizasiga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yillik 20 soatli malaka oshirish kursini oʻtamaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat egasi tomonidan ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan konfidensial axborot xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatni ichki audit faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganlik fakti aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki auditor sifatida uch yil faoliyat olib borilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan mansabni egallash yoki xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning amal qilish muddati tugaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Sertifikatning amal qilishi auditorlarning jamoat birlashmasi qarori bilan tugatiladi. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatni berish toʻgʻrisidagi qarorning noqonuniyligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror sertifikat berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Sertifikatning amal qilishini tugatish hamda bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida, shuningdek auditorlarning jamoat birlashmasi veb-saytlarida eʼlon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror besh kun ichida sertifikat egasiga va u ichki audit xizmatida ishlab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror sertifikat egasi tomonidan olingan kundan boshlab oʻn kun ichida sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Mazkur Nizomning 68-bandi uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilarida va 70-bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslarga sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida qayta sertifikat olish uchun imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X bob. Ichki auditorlar reyestrini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan ichki auditor sertifikatiga ega boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport maʼlumotlari va yashash manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorning malaka sertifikati, soliq maslahatchisi, buxgalter xalqaro sertifikatlarining berilgan sanasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili malaka oshirish kurslarini oʻtaganligi haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Reyestrdagi quyidagi maʼlumotlar auditorlarning jamoat birlashmasi veb-saytiga joylashtiriladi va barchaning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat raqami va berilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikati berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Mazkur Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun auditorlarning jamoat birlashmalari rahbarlari javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Auditorlarning jamoat birlashmalarining mazkur Nizom talablariga rioya etishlari ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Mazkur Nizom Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston buxgaltyerlar, auditorlar va konsultantlar federatsiyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasi Kengash raisi M.Tulaxodjayeva
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 2-aprel

Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengash raisi N.Karimov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 2-aprel
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston buxgaltyerlar, auditorlar va konsultantlar Federatsiyasi Boshqaruv raisi D.Sultanova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 2-aprel
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

_____________________________________

‎‎__________________________________ ga

‎‎(auditorlarning respublika professional jamoat birlashmasining nomi)

‎‎ARIZA

‎‎

‎‎ Menga ichki auditor sertifikatini olish, amal qilish muddatini uzaytirish uchun imtihon topshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman (keraklisining tagiga chiziladi).

Arizaga ilova qilinadi:‎

1.‎

2.‎

3.

va h.k.

20___ y “_____” __________

‎‎
Shaxsiy imzo ______________________‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎ ‏‎‏‎‏‎‏‎‏

‎‎A N K E T A

‎‎

1.Familiyasi ‎

‎‎_____________________________________________

Ismi ‎

‎‎_____________________________________________
Otasining ismi ‎‎_____________________________________________
2. Tugʻilgan vaqti: _____________________________________________

(kun, oy, yil raqamlarda yoziladi)

‎‎3. Pasport seriyasi, raqami ___________________________________________________
Berilgan vaqti _____________________________________________‎______
‎‎Kim tomonidan berilgan ‎‎___________________________________________________
4. Maʼlumoti: ___________________________________________________

‎‎(oʻquv muassasasi)

fakulteti ‎‎___________________________________________________
Bitirgan yili ‎‎___________________________________________________

‎‎Diplom raqami

‎‎___________________________________________________
‎‎‎Diplom boʻyicha malakasi ‎
Sertifikatlar (nomi, ‎‎‏
‎‎berilgan vaqti)
‎‎___________________________________________________
‎‎___________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎5. Mehnat daftarchasi boʻyicha ish staji toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎

Davri‎‎

Ish joyi ‎‎

Lavozimi

Ishga kirish‎‏

boʻshab ketish

asosiy‎‏

‎‏oʻrindoshlik asosida

‎‏
‎‏
1.‎
2.‎
3.‎
...‎
‎‎
‎‎6. Uy manzili

___________________‎‎_________________________________
‎____________________________________________________

7. Aloqa telefoni:‎ ________________________ Faks: ________________________

kodi‎

raqami‎

kodi‎ ‎

raqami‎‎

uy telefoni: ___________________________________________________‎‎

kodi‎

raqami‎‎ ‎
8. Elektron manzili:

_____________________________

9. Anketa toʻldirilgan sana 20__ y. “____” _______________
‎‎Shaxsiy imzo ________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

(old tomoni)‎‎

‎‎

N A M U N A

‎‎
____________________________________________________________________________‎‎

‎‎(auditorlarning respublika professional jamoat birlashmasining nomi)

‎‎

IChKI AUDITOR SERTIFIKATI

№ X...X 000000‎‎

‎‎

Toshkent sh.

‎‎20__ y. “___”____________

‎‎____________________________________________________________________________

‎‎( ichki auditorning F.I.O.)

‎‎ichki audit xizmatida faoliyat yuritishi uchun ichki auditor professional malakasiga ega
‎‎20____yil “____” _________dan 20____yil “____” _________gacha amal qiladi
‎‎va har yili malaka oshirishdan oʻtishi shart
Auditorlarning Respublika professional jamoat birlashmasining rahbari, yoki u tomonidan belgilangan vakolatli shaxs ____________‎

______________________‎

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎M.Oʻ.

‎‎Sertifikatning amal qilish muddati uzaytirildi:
‎‎20__y. “___”___________dan 20__ y. “___”__________gacha

Imzo‎

M.Oʻ.‎

‎‎20__y. “___”___________dan 20__ y. “___”__________gacha ‎‎

Imzo‎

M.Oʻ.‎

‎‎‎‎20__y. “___”___________dan 20__ y. “___”__________gacha

Imzo‎

M.Oʻ.‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎‎(orqa tomoni)

‎‎‎‎HAR YILI MALAKA OShIRISh KURSINI OʻTAGANLIGI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT*

‎‎‎

‎‎Davrlar

Malaka oshirishdan
‎oʻtganligi toʻgʻrisidagi
‎hujjatning raqami va
‎berilgan sanasi

Oʻquv markazining
‎‎belgisi (nomi,
‎rahbar imzosi va
‎muhri)

‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”_________gacha

____________________ ____________________

20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha‎

____________________ ____________________

20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha

‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha

____________________ ____________________ ‎

‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha‎‎

____________________ ____________________ ‎

‎‎‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha ____________________ ____________________ ‎
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha ____________________ ____________________ ‎

‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha ____________________ ____________________
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha‎ ____________________ ____________________ ‎

‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha‎‎ ____________________ ____________________ ‎
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha ____________________ ____________________ ‎
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha‎ ____________________ ____________________ ‎
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha ____________________ ____________________ ‎
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha ____________________ ____________________
‎‎20__ y. “___”_________dan - 20__ y. “___”__________gacha‎ ____________________ ____________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* sertifikat olingan sanadan keyingi yildan boshlab toʻldiriladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎_____________________________________

___________________________________ga

‎‎(auditorlarning respublika professional jamoat birlashmasining nomi)

‎‎_____________________________________

__________________________________dan

‎‎

ARIZA‎‎

‎‎ Menga ichki auditor sertifikatini qayta rasmiylashtirib berishingizni, dublikatini berishingizni soʻrayman (keraklisining tagiga chiziladi).

Arizaga ilova qilinadi:

1.

2.

3.

va h.k.

20___ y. “_____” __________.‎
‎‎
‎‎Shaxsiy imzo ______________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 220-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2361-1/1054-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)