Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 11.04.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“KREDIT AXBOROTI ALMAShINUVI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “va garovxonalar” hamda “va garovxonalarni” degan so‘zlar tegishincha “lombardlar va kredit byurolari” hamda “lombardlar va kredit byurolarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi o‘zbekcha matnidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “va garovxonalar” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) VIII bo‘limning nomidagi “va garovxonalar” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomi va birinchi qismidagi “va garovxonalar” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “banklar” va “garovxonalar” degan so‘zlar tegishincha “banklar, kredit byurolari” va “lombardlar, kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “Banklar” degan so‘zdan keyin “kredit byurolari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin, o‘zbekcha matnidagi “garovxonalarga” degan so‘z esa “lombardlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “garovxonalarga” degan so‘z “lombardlar, kredit byurolariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “va garovxonalarning” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “garovxonalarning” degan so‘z “lombardlar va kredit byurolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “banklarning” degan so‘z “banklar va kredit byurolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “va garovxonalarga” degan so‘zlar “lombardlar va kredit byurolariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshisidagi “va mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar “mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi o‘zbekcha matnidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “garovxonalar” degan so‘z “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
o‘ninchi xatboshisi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin.
26-bandi 27-band deb hisoblansin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
2) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-mayda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘RQ-33-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 5, 216-modda) 17-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi” degan so‘zlar “kredit tarixini shakllantirish uchun Kredit axboroti davlat reyestriga joylashtiriladi hamda kredit byurolariga taqdim etiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi