20.03.2012 yildagi PQ-1729-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼkidlash joizki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha bir qator tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro tajribani va kutubxona foydalanuvchilarining, eng avvalo, yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, qiroatxona zallarining ixtisoslashuvi va joylashishi takomillashtirildi. Ixtisoslashtirilgan elektron kutubxona zali, multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi, barcha zallarda Internet tarmogʻidan foydalanish taʼminlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxonaning 600 mingta qaydlar va 200 mingta toʻliq matnli elektron resurslarni oʻz ichiga olgan elektron katalogi orqali maʼlumotlarni ichki va uzoq masofadan turib foydalanishda tezkor izlash imkoniyatini taʼminlovchi kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi joriy etildi. Yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kutubxona xodimlarining malakasini oshirish tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlarni qidirish va olish uchun vizual va virtual axborot taqdim etgan holda interfaol axborot vositalari, aktiv panellar va monitorlar orqali kutubxona foydalanuvchilarini xabardor qilishning zamonaviy tizimi oʻrnatildi. Nashrlarni tezkor tarzda yetkazib beruvchi “telelift” tizimi joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining ilgʻor axborot-kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan, eng avvalo, respublika yoshlarining intellektual va madaniy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beradigan, zamonaviy mutlaqo yangi, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan axborot resurs markazi sifatidagi samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-noyabrdagi R–3750-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiya tomonidan axborot-resurs taʼminoti sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqilgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Ushbu Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxona tomonidan bosh vazifani amalga oshirish -zamonaviy yuqori samarador axborot-kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etiladigan axborotni olish manbalari, shakllari va uslublarini tanlash imkoniyatini taʼminlash prinsipi asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual, madaniy va bilim olishga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurs bazasini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan taʼminlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan respublikaning har qanday joyidan turib foydalanishni, shuningdek yetakchi xorijiy axborot-kutubxona fondlarining maʼlumotlar bazasiga ulanishni oʻz ichiga olgan holda foydalanuvchilarga taqdim etiladigan elektron xizmat kengayishini taʼminlovchi yangi, xalqaro amaliyotda tajribadan oʻtgan xizmat koʻrsatish shakllarini va ilgʻor dasturiy mahsulotlarni tizimli asosda joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha axborot-kutubxona markazlari va muassasalarining ulanishi imkoniyati bilan birga mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish uchun Milliy kutubxona bazasida axborot resurslari va elektron (raqamli) nashrlarning yigʻma umumrespublika elektron katalogini tashkil etish orqali kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxonaning nodir va alohida qimmatga ega boʻlgan, jumladan qoʻlyozma nashrlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va eng zamonaviy ixtisoslashgan uskunalarda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, Milliy kutubxonada axborot-kutubxona muassasalari kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasidagi tadbirlarni tashkil etish boʻyicha normativ-metodik bazani yanada takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (Sh.M. Mirziyoyev) tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida har chorak koʻrib chiqqan holda ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining Milliy kutubxona huzurida 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika metodik kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining Milliy kutubxona huzurida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlarning 5 foizi miqdoridagi yillik ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuziladigan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari quyidagicha belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60 foizi Milliy kutubxona va respublikaning axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini dasturiy taʼminlash, yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25 foizi Milliy kutubxona xodimlari uchun lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorda ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilashga, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuksak malakali tarzda foydalanganligi, chet tillarini bilganligi va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun mukofotlashga, shuningdek moddiy yordam koʻrsatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15 foizi Milliy kutubxonada ishlatiladigan texnologik uskunalar, jumladan Milliy kutubxonaning nodir va alohida qimmatga ega boʻlgan nashrlarini restavratsiya va konservatsiya qilish hamda saqlanishini taʼminlashga moʻljallangan uskunalar uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlarni xarid qilishga, shuningdek milliy va xorijiy nashrlarni sotib olish hamda obuna boʻlishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tajribadan kelib chiqib, kutubxonachi va bibliograf lavozimlarini tugatishni hamda axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha mutaxassis, yetakchi mutaxassis va bosh mutaxassis lavozimlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi va respublikaning axborot-resurs markazlari xodimlari kasb va lavozimlarining yangi klassifikatorini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-noyabrdagi F–3750-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiyaning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi rahbar va mutaxassislariga, Milliy kutubxona xodimlarining ish haqiga 15 foizgacha miqdorda ilgari belgilangan ustama haqlarni saqlab qolgan holda, respublika va viloyat axborot-kutubxona muassasalari uchun nazarda tutilganidan 1 razryad yuqori miqdorda ish haqi oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxona bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Milliy kutubxona rahbar va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlashning yangilangan razryadlarini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi toʻgʻrisidagi nizom va uning yangilangan tuzilmasi hamda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlagan holda, Milliy kutubxona faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1729-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 129-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 07/17/3349/0168-son; 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)