Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 27.02.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
a) 2-bandning o‘ninchi xatboshidagi “baholash tashkilotlari, savdo tashkilotlari” so‘zlari “baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning o‘ninchi xatboshidagi “baholash tashkilotlari, savdo tashkilotlari” so‘zlari “baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning o‘n yettinchi xatboshidagi “baholash tashkilotlari, savdo tashkilotlari” so‘zlari “baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “birja” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlarining 10-bandidagi “ko‘chmas mulk birjalari, brokerlik idoralari va agentliklar” so‘zlari “rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “birjalar tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 29-bandning birinchi xatboshidagi “maxsus ajratilgan savdo maydonchalarida birjalar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 37-banddagi “savdo tashkilotlari va birjalar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 42-bandning uchinchi xatboshidagi “birjalarga” so‘zi “ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 12-bandining “Shakllantirish manbai” ustunining to‘qqizinchi pozitsiyasidagi “baholash tashkilotlariga, savdo tashkilotlariga” so‘zlari “baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi