21.02.2012 yildagi PQ-1711-son
Hujjat 21.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son qaroriga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qarorining 4-ilovasidagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qarorining 2-ilovasidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va” so‘zlari “tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishib olish va imzolash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va” so‘zlari “tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.