Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2023 02.02.2012 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2023
Hujjat 05.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKADA TERMITLARGA QARShI KURAShISh IShLARINI JADALLAShTIRISh VA ULARNING ZARARINI BARTARAF QILISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-noyabrdagi 605-sonli “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi turar joylari, madaniy-tarixiy obidalar, strategik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar, ishlab chiqarish binolari, inshootlar va boshqa turdagi obyektlarni saqlash, ularga zarar yetkazayotgan termitlarning tarqalishi va ularning zararli faoliyatiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida termitlarga qarshi kurashish xizmatini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzurida va uning muassisligida xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti yoki boshqa tashkilotlar tomonidan yaratilgan termitlarga qarshi zaharli yem-xoʻraklar va kurashish vositalarini ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
termitlarga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda termitlar tarqalgan obyektlarni aniqlash hamda aholi oʻrtasida termitlarga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida termitlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
termitlarga qarshi zaharli yem-xoʻraklar va kurashish vositalarini shartnoma asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga buyurtmaga asosan yetkazib berishni taʼminlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilishi xavfli deb belgilangan hududlarning aniq roʻyxatini tuzish hamda ushbu hududlarda termitlar bartaraf etilganligi boʻyicha xulosalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning direktori va uning oʻrinbosari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tayinlanishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan birgalikda markazning ustavi tasdiqlanishini, uning ustav fondi shakllantirilishini hamda Markazni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Toshkent shahar, Olmazor tumani, A.Niyozov koʻchasi, 1-uy manzilidagi binoga joylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni zarur ixtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari termitlarga qarshi kurashish maqsadida Markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dezinfeksiya stansiyalari aholi yashaydigan uy-joylarda, ijtimoiy soha obyektlarida, korxona va tashkilotlarda hamda madaniy-tarixiy obidalarda termitlarga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tabiiy sharoitda termitlar tarqalgan hududlarda (dalalarda, qabristonlarda, choʻl zonalarida va boshqa ochiq joylarda) ularga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz termitlarga qarshi kurashishda intellektual mulk hisoblangan vositalardan foydalanganlik uchun huquq egasi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasi Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish jarayonida termitlarga qarshi zaharli yem-xoʻraklar va kurashish vositalarini takomillashtirish bilan bogʻliq izlanishlar mavzularini 2012-yildan boshlab Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari tarkibiga kiritilishini rejalashtirsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilish uchun xavfli deb belgilangan hududlarda termitlar bartaraf etilmagunga qadar qurilish uchun yer maydonlari ajratilishini taqiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari doirasida moliyalashtirilishini taʼminlasinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi dunyo amaliyotida tan olingan termitlarga qarshi chidamli bino va inshootlar qurish tajribasini oʻrganib, belgilangan tartibda qurilishga joriy qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga respublikadagi oliy taʼlim muassasalarida biologiya, tabiatshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish ixtisosliklari boʻyicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar oʻquv dasturlariga “Biozararlanish asoslari”, “Hasharotlar ekologiyasi” maxsus kurslarini kiritish va tegishli darsliklar bilan taʼminlash vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.I. Zokirov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 2-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat unitar korxonasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 58-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)