01.02.2012 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JOYLARDA KOMPYUTERLASHTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat axborot resurslarini hisobga olishni yanada takomillashtirish, ularning roʻyxatini kengaytirish va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari negizida “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy xalqaro tendensiyalar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq joylarda kompyuterlashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot resurslarini yuritish va yangilash, mintaqalarda tashkil etilgan va tashkil etiladigan davlat axborot resurslarini va axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining veb-portallarini doimiy ravishda yangilab borish, interaktiv davlat xizmatlari, shu jumladan “bir darcha” tamoyili boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holatini va ularni rivojlantirish istiqbollarini doimiy ravishda tahlil qilish va uning natijalari asosida mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan tashkil etilayotgan “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalari faoliyatiga normativ-metodik rahbarlik qilish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishuv boʻyicha “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ustav jamgʻarmasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish hamda yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlashni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlaridan oʻtkaziladigan mol-mulklarni hisobga olgan holda, zamonaviy idora va kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan jihozlashni amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalari taʼminoti uchun xarajatlarni moliyalashtirish ularning faoliyatidan olingan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 1-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 24-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 67, 69, 72, 73, 74 va 75-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67.‎

Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar reyestri ‎

‎‏Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi

69.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestri‎

72.‎

Tovar-xom ashyo birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri ‎

‎‏Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi

73.‎

Koʻchmas mulk birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri‎

74.‎

Rieltorning malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar reyestri ‎

75.‎

Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar reyestri ‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 83-3-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 83-4 va 83-5-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83-4‎. Bojxona tashuvchilari reyestri‎

‎‏Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

83-5.‎ Bojxona brokerlari reyestri‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 86-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 86-1-pozitsiya qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-1.‎

Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga gastrol-konsert guvohnomasi olgan shaxslar reyestri ‎

“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 97-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 97-1 — 97-4-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97-1.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari reyestri‎

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

97-2.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalari reyestri‎

97-3.‎

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari reyestri‎

97-4.‎

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari ekspluatantlari reyestri‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 99-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 99-1 va 99-2-pozitsiyalar qoʻshilsin: :
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99-1.‎ Alkogolli mahsulotlar sotish faoliyatini amalga oshirish huquqiga berilgan litsenziyalar reyestri‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

99-2.‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlar reyestri‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestrida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 19-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 19-1-pozitsiya qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-1.‎

Ota-onalar uchun bolalarni rejali vaksinatsiya va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish zaruriyati toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 24-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 24-2 va 24-3-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-2.‎

Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan oʻzaro hisob-kitoblari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

24-3.‎

Xususiy tadbirkorlarni tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 26-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 26-1 — 26-4-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-1.‎ Davlat statistika hisobotlari blankalari shakllarini taqdim etish‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi

26-2‎. Statistik klassifikatorlar boʻyicha axborotlar taqdim etish‎
26-3‎. Elektron arizalarni qabul qilish va ular bilan ishlash, shuningdek Internet tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytida ochiq firma nomlarini zaxiralash va vaqtincha saqlash‎
26-4‎. Elektron statistika hisobotlarini qabul qilish va ular bilan ishlash, Internet tarmogʻi orqali elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron statistika hisobotlari yuborish xizmatlari koʻrsatish‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 27-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 27-2 — 27-4-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-2.‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturalari roʻyxatini taqdim etish‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

27-3.‎ Bojxona brokerlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎
27-4.‎ Majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 31 va 32-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31.‎ Qimmatli qogʻozlar bozori, bank va sugʻurta sektorlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish.‎

Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi‎

32.‎ Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish.‎

Moliya vazirligi ‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 36 va 37-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36.‎

Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, “Oʻzavtoyoʻl” DAK ‎

37.‎

Yoʻlovchi tashish temir yoʻl va aviatsiya transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning maʼlumotlar berish xizmatlari roʻyxatini taqdim etish.‎

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) 40-2-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 40-3 — 40-6-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-3.‎

Abonentning statsionar telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek uning qarzdorligi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎‏
‎‏
‎‏

40-4.‎

Abonentning Internet tarmogʻi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek uning qarzdorligi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

40-5.‎

Joʻnatuvchilarga va oluvchilarga xatlar va banderollar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

40-6.‎ Dasturiy mahsulotlarning milliy ishlab chiquvchilari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 45-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45.‎

Ilm-fan, taʼlim, axborot va madaniyat boʻyicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishga doir axborotlarni, Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari roʻyxatini taqdim etish.‎

Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) 47-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 47-1 va 47-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-1.‎

Yer uchastkalariga huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va tarkibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

47-2.‎

Binolar va inshootlarga huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va tarkibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) 50-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 50-1 va 50-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-1.‎

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalarini band qilish va sotish, shuningdek band qilish va sotishni amalga oshirish boʻyicha axborotlar taqdim etish‎

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi

50-2.‎ Aviakompaniyaning mahalliy, xalqaro reyslarga beriladigan imtiyozlar, chegirmalar hamda ularni qoʻllash qoidalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) 52-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 52-1-pozitsiya qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-1.‎ Davlat ekologiya ekspertiza xulosasini berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tarkibi boʻyicha axborotlar taqdim etish‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) 55-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 55-1 — 55-7-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-1.‎ Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha axborotlar taqdim etish‎

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

55-2.‎ Mahsulotlarni sertifikatlash va majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxati boʻyicha axborotlar taqdim etish‎
55-3.‎ Oʻlchovlarni bajarish metodikasi davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish‎
55-4.‎ Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish‎
55-5.‎ Sifatni boshqarish sertifikatlashgan tizimi davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎
55-6.‎ Oʻlchov vositalari davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎
55-7.‎ Oʻlchov vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) 58-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 58-1 va 58-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-1.‎ Bank faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat banklarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

58-2.‎ Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari hamda lombardlar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) 65-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 65-1 va 65-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65-1.‎ Ilmiy va ilmiy-texnikaviy tadbirlar oʻtkazish rejasiga takliflarni elektron roʻyxatga olish‎

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi

65-2.‎ Ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarish natijalarini elektron roʻyxatga olish‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) 68-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 68-1 — 68-5-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-1.‎

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va sertifikatlash boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

68-2.‎

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

68-3.‎

Oʻzbekiston Respublikasining havo kemalari ekspluatantlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

68-4.‎

Aviatsiya texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

68-5.‎

Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam ravishda parvozlarni bajarish uchun xorijiy aviatashuvchilarga foydalanish ruxsatnomalarini berish boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) 73-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 73-1-pozitsiya qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73-1.‎ Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) 77-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 77-1-pozitsiya qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77-1.‎ Shahar yoʻlovchi transportida yurish uchun oylik yoʻl kartochkalari turlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

“Toshshahartransxizmat” uyushmasi‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t) quyidagi mazmundagi 85—150-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85.‎

Sugʻurtachilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ‎‏
‎‏
‎‏

86.‎

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

87.‎

Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

88.‎

Monopolistik korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni deklaratsiyalash (tasdiqlash) uchun arizalar qabul qilish‎

89.‎

Maktablarning 9-sinflari bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar kollejlarida oʻqishga qamrab olish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ‎

90.‎

Bank xizmatlari olish uchun zarur boʻlgan maxsus arizalar va boshqa shablonlar shakllarini elektron shaklda taqdim etish‎

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari ‎‏

91.‎

Bank schyotlarini masofadan xizmat koʻrsatish tizimiga ulash shartlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

92.‎

Bank schyotlarining masofadan xizmat koʻrsatish tizimi orqali shaxsiy schyotlar boʻyicha qoldiqlari va mablagʻlar aylanishi, berilgan kreditlarni qaytarish hamda mijozlarning omonatlari boʻyicha hisoblangan foizlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

93.‎

Jismoniy va yuridik shaxslarning baholash, birja va rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

94.‎

Nizoli vaziyatlarda sud soʻrovnomalari boʻyicha materiallarni baholashni ekspertizadan oʻtkazish ekspert komissiyalari va ekspertlar tarkibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

95.‎

Davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda (ustav kapitali 500 mln soʻmdan ortiq boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari) tashqi auditni oʻtkazishiga ruxsat berilgan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

96.‎

Baholash tashkilotlari va birjalar, rieltorlik faoliyati uchun litsenziyalar berish uchun ariza blankalari, shuningdek baholovchining malaka imtihonidan oʻtish hamda jismoniy shaxslarning birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqiga attestatsiyadan oʻtish uchun toʻldiriladigan anketalar taqdim etish‎

97.‎

Oʻzbekiston Respublikasida baholovchilar va birja savdolarining professional ishtirokchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadigan mavjud oʻquv markazlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

98‎.

Jismoniy shaxslarni birja savdolari ishtirokchilari sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini olish uchun attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va jadvali hamda oʻtkazilgan test natijalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

99.‎

Baholovchilarni malaka imtihonidan oʻtkazish tartibi va jadvali hamda oʻtkazilgan test natijalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

100.‎

Yuridik shaxslarga sanoat alpinizmi usuli bilan balandliklarda taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish va ularning reyestrini yuritish‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

101.‎

Yuridik shaxslarga xavfi yuqori boʻlgan obyektlar va potensial xavfli ishlab chiqarishlarda taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish‎

102.‎

Yuridik shaxslarga mudofaa obyektlarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish ‎

103.‎

Yuridik shaxslarga koʻpriklar va tunnellar qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash, ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish boʻyicha axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish ‎

104.‎

Tanlov savdolari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, savdolarga elektron shaklda arizalar qabul qilish‎

105.‎

Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ‎‏

106.‎

Matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

107.‎

Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

108.‎

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari nomenklaturalari va pasportlarini taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

109.‎

Himoya qilingan dissertatsiya ishlarining ilmiy va ilmiy-amaliy ahamiyati toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

110.‎

Dissertatsiya ishlarini himoya qilish uchun ruxsat berilgan mutaxassisliklar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

111.‎

Bajariladigan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish‎

112.‎

Ilmiy daraja va ilmiy unvon berilgan shaxslar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

113‎.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar boʻyicha axborotlar taqdim etish‎

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi ‎

114.‎

Xalq va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida pedagogik kadrlarga berilgan malaka toifasi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ‎‏

115.‎

Taʼlim muassasalariga berilgan akkreditatsiya guvohnomalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

116.‎

Nodavlat taʼlim muassasalariga berilgan litsenziyalar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

117.‎

Oʻzbekiston Respublikasidagi narkotik vaziyat rivojlanishining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi‎

118.‎

Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ob-havo maʼlumoti‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi‎

119.‎

Neft, gaz va gaz kondensati qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish, neft mahsulotlarini sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash boʻyicha axborotlar taqdim etish‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi

120.‎

Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish shoxobchalari orqali neft mahsulotlarini sotish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

121.‎

Sanoat mulkchiligi obyektlari, seleksiya yutuqlariga muhofaza hujjatlari, EHM, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmanomalar berishga arizalar qabul qilish va axborotlar taqdim etish ‎

‎‏Intellektual mulk agentligi

122.‎

Sanoat mulkchiligi obyektlaridan, seleksiya yutuqlaridan, EHM, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlardan foydalanish uchun huquqlar berish boʻyicha litsenziya shartnomalari, shuningdek ularning toʻliq yoki qisman voz kechish toʻgʻrisidagi shartnomalari haqida axborotlar taqdim etish‎

123.‎

Transport xizmatlarini tashkil etish boʻyicha mavjud yoʻnalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

‎‏Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


124.‎

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish‎

125.‎

Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish boʻyicha fuqarolar arizalarini qabul qilish‎

126.‎

Alkogolli mahsulotlar savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

127.‎

Avtomobil yonilgʻisi savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

128.‎

Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklari ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ularni koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

129.‎

Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

130.‎

Yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish‎

131.‎

Ishlab chiqariladigan tarmoq mahsulotlarining turlari roʻyxati boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi‎

132.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konserni

133.‎

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan dori-darmon vositalari nomenklaturasi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

134.‎

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda ochiq tanlovlar asosida xaridlarni amalga oshirish‎

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi

135.‎

Avtomobil tanlash va buyurtma berish boʻyicha axborotlar taqdim etish ‎

136.‎

Kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari, ularning tavsiflari va xususiyatlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi

137.‎

Zarur formulyarlarni, shartnomalarni elektron shaklda taqdim etish ‎

138.‎

Alkogolli mahsulotlarning haqiqiyligini avtomatlashtirilgan ravishda tekshirish imkoniyatini berish‎

“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi‎

139.‎

U yoki bu sugʻurta mahsuloti qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Sugʻurta kalkulyator” sugʻurta polisi hisob-kitobi boʻyicha axborot‎

“Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi ‎‏

140.‎

Kompaniya mijozlaridan sugʻurta hodisalari toʻgʻrisida arizalar qabul qilish‎

141.‎

Kitoblar yoki boshqa badiiy adabiyotlar tayyorlash va nashr qilish tartibi toʻgʻrisida, gazetalar, kitoblar va boshqa nashrlar turlarini, elektron shaklda faylning mazmunini tegishli ravishda himoya qilinishini taʼminlagan holda ishlab chiqarishga qabul qilish tarzidagi qoʻshimcha xizmatlar turlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

“Sharq” nashriyot –matbaa aksiyadorlik kompaniyasi

142.‎

Kitoblar va tayyorlashga imkoniyati boʻlgan qogʻozli toza tovarlar roʻyxatini taqdim etish‎

143.‎

Ishlar turlariga baholar, ishlab chiqarish shartlari, gazetalar va jurnallar (har oyda yangilash) haqidagi boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

144.‎

Gazetalarni tarqatish va kuzatib borish, bosma nashrlarni savdo mintaqasining manzili bilan tarqatish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

145.‎

Gastrol-konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

‎‏“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi

146.‎

Toʻylar, tugʻilgan kunlar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek ushbu xizmatlarni koʻrsatishga arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

147.‎

Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga gastrol-konsert guvohnomasini olish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎

148.‎ Ishlab chiqariladigan xalq isteʼmol tovarlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmogʻi orqali buyurtmanomalar qabul qilish‎

“Oʻzmetkombinat” OAJ

149.‎

“Oʻzmetkombinat” OAJ tomonidan ishlab chiqariladigan rangli metallar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmogʻi orqali buyurtmanomalar qabul qilish‎

150.‎

“Oʻzmetkombinat” OAJda ishlab chiqariladigan elektrodlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish ‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 47-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)