30.12.2011 yildagi PQ-1672-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QO‘SHIMCHA SOLIQ IMTIYOZLARI VA AFZALLIKLAR BERISH TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar va omillarni yaratish, buning asnosida ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasini rivojlantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o‘rnatishda ularning rolini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyatlari cheklangan shaxslar (ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqalar) uchun adabiyotlarni sotishdan olingan foydadan foyda solig‘ini hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahririyatlar, nashriyot va bosmaxonalar ommaviy axborot vositalarining mahsulotlari, kitob mahsulotlarini sotishdan va ularning nusxalarini ko‘paytirish bo‘yicha xizmatlardan olinadigan daromadlar qismida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, teleradioeshittirish kompaniyalari va poligrafiya tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan qog‘oz, poligrafiya materiallari va axborot saqlash moslamalari, uskunalar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) yetti yil muddatga ozod etilsin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga o‘quv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qo‘llagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki obyekti uchun ijara to‘lovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrofirmalar va kichik korxonalarga mansub bo‘lgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, poligrafiya tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chop etilgan mahsulotlarni sotishdan, muharrirlik xizmatlari, poligrafiya va nashriyot xizmatlarini ko‘rsatishdan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” Jamg‘armasiga nashriyot va matbaa tashkilotlari to‘laydigan majburiy ajratmalar miqdori ikki foizdan bir foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazeta, jurnallar va kitob mahsulotlarini chakana sotishga ixtisoslashgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rta hisobda 2 barobarga pasaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2012-yil 1-yanvardan boshlab ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyot va bosmaxonalarni kichik korxonalar toifasiga kiritish chog‘ida ular xodimlarining o‘rtacha yillik cheklangan sonini 50 nafardan 100 nafargacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 30-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1672-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 560-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)