O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“TELEKOMMUNIKATSIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-modda:
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oxirgi (terminal) asbob-uskunalar — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarning texnik vositalari”;
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi, o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon axborot tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmog‘ida domen nomlarini berish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui”;
2) 8-moddaning birinchi qismi:
o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining manzil makonidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish, rivojlantirish va ulardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqadi”;
o‘n sakkizinchi xatboshisi o‘n to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) quyidagi mazmundagi 81 -modda bilan to‘ldirilsin:
“81-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi majburiyatlari
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi hamda rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart”;
4) quyidagi mazmundagi 101-modda bilan to‘ldirilsin:
“101-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish
Davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish ixtiyoriy tusga ega bo‘ladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
5) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmenti domen nomlarining tizimi telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va provayderlarning, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi pullidir.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarning miqdorlari hamda ularni to‘lash tartibi, shuningdek ularga doir imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
6) 16-moddaning:
uchinchi qismidagi “yuridik va jismoniy shaxslarga” degan so‘zlar “yuridik shaxslarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Yuridik va jismoniy shaxslar” degan so‘zlar “Yuridik shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Operatorlar va provayderlar tarmoqlararo ulanishlarni telekommunikatsiyalar sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq qabul qilinadigan, ulayotgan telekommunikatsiyalar tarmog‘i operatorining texnik shartlariga ko‘ra ta’minlashi kerak”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-dekabr,
O‘RQ-314-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 557-modda)