24.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2306
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.01.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 24-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2306]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestridan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha 2011-yil 22-dekabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997-y., 10-son, 33-modda) va 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 20-dekabrdagi RS/08-01-32-14/800, 01/12-711-son qoʻshma xatini inobatga olgan holda buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining quyidagi normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 19-sentabrda 08-03-02/1553A-son va 1995-yil 13-oktabrda 06-365-son bilan tasdiqlangan Asosiy vositalarni qayta hisoblash munosabati bilan aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini koʻpaytirish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 182, 1995-yil 13-oktabr);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 12-iyulda tasdiqlangan Xususiylashtirish investitsiya fondining fondni boshqarish haqida boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan namunaviy kontrakti (roʻyxat raqami 265, 1996-yil 15-iyul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 12-iyulda tasdiqlangan Xususiylashtirish investitsiya fondining “Vaqt” milliy depozitariysi bilan tuzilgan namunaviy kontrakti (roʻyxat raqami 266, 1996-yil 15-iyul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 10 va 18-martda tasdiqlangan Investitsiya fondining namunaviy emissiya prospekti (roʻyxat raqami 327, 1997-yil 2-aprel);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 10 va 18-martda tasdiqlangan Investitsiya fondining namunaviy ustavi (roʻyxat raqami 328, 1997-yil 2-aprel).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarilganligini oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu buyruqning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi ushbu normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir N. YOʻLDOShEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 24-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
295-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 567-modda)