05.02.1993 yildagi PF-555-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarning isteʼdodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil Oʻzbekiston fuqarosining yuksak maʼnaviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan oxirgi oʻquv yili talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari taʼsis etilsin. Ularning soni 11 ta boʻlib, har biri talaba oʻrtacha stipendiyasining uch barobari miqdorida belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari aʼlo (koʻpi bilan 25 foizi yaxshi) darajada boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat boʻyicha oʻqiyotgan oxirgi ikki kurslarning (keyingi oʻrinlarda yuqori kurs deb yuritiladi) talabalari uchun quyidagi Davlat stipendiyalari taʼsis etilsin: texnika yoʻnalishlari uchun — Beruniy nomli, tibbiyot yoʻnalishlari uchun — Ibn Sino nomli, gumanitar yoʻnalishlar uchun — Navoiy nomli, tabiiy yoʻnalishlar uchun — Ulugʻbek nomli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti uchun — Imom al-Buxoriy nomli va barcha yoʻnalishlar uchun — Islom Karimov nomli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulugʻbek nomli stipendiyalar soni taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har bir ming nafar talabasiga oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom al-Buxoriy nomli stipendiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining uch nafar yuqori kurslarning talabasiga oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Islom Karimov nomli stipendiya har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurslarning talabasiga oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi 20 kun muddat ichida talabalarga davlat stipendiyalarini berish toʻgʻrisidagi Nizom va Tartibni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga tegishli koʻkrak nishonlari va guvohnomalar beriladi. Ular oliy oʻquv yurtini tamomlaganlaridan keyin yosh mutaxassislar qatori malaka oshirish va oʻqishni davom ettirish uchun chet ellarga yuborish chogʻida ustunlikka ega boʻladilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— maktab yoshlari orasida vaqti-vaqti bilan turli respublika musobaqalarini oʻtkazsinlar, yoshlarning xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etishlariga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 20 kunlik muddat ichida maktab oʻquvchilari orasida respublika olimpiadalari, konkurslari va musobaqalarini oʻtkazishning Nizomi va Tartibini ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Olimpiadalar, konkurslar va musobaqalarning gʻoliblariga quyidagi pul mukofotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— I—V oʻrinlarni olgan gʻoliblarga talaba stipendiyasi miqdorining oʻn karradan olti karragacha koʻp boʻlgan xalqaro mukofotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— I—II—III oʻrinlarni olgan gʻoliblarga talaba stipendiyasining uch—ikki—bir karra koʻp boʻlgan respublika mukofotlari belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, xalqaro va respublika musobaqalarining gʻoliblari boʻlgan bitiruvchi sinflarning oʻquvchilari oliy oʻquv yurtlarining birinchi kurslariga kirish imtihonlarisiz, test sinovlaridan oʻtkazilmay qabul qilinadilar va xorijiy mamlakatlarning oʻquv yurtlariga yuboriladigan guruhlarga qabul qilinish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yildan boshlab har yili ana shu maqsadlar uchun zarur mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 1993-yilning 1-martidan ushbu Farmonda qayd etilmagan davlat stipendiyalarini bekor qilsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ularga belgilagan stipendiya jamgʻarmasi doirasida oliy oʻquv yurtlarining taqdimnomalariga koʻra va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib, Oʻzbekistonning aqliy va maʼnaviy boyligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan atoqli fan va madaniyat arboblari sharafiga bir yarim barobar hajmli maxsus stipendiyalar taʼsis etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 20 kunlik muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 5-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-555-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 3-son, 132-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 365-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 10.09.2021-y., 06/21/6309/0858-son; 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son; 10.08.2023-y., 06/23/132/0581-son; 10.09.2025-y., 06/25/162/0819-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)