Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI XODIMLARI KUNINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikamiz davlat mustaqilligi va demokratik jamiyat qurilishi jarayonida yoshlarga taʼlim-tarbiya berish, malakali mutaxassislar tayyorlashda oʻqituvchilar, tarbiyachilar va boshqa pedagog xodimlarning xizmatlarini hamda mavqeyini inobatga olib:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi xodimlari kuni” etib oktabr oyining birinchi yakshanbasi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq, ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 1-oktabr,
PF-670-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 374-modda)