Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 15.07.1993 yildagi PF-617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 15.07.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATIShNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublika kommunal xizmatlari ishini takomillashtirish, koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga aylantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Viloyat uy-joy-kommunal xoʻjaligi ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent shahar hokimligi uy-joy-kommunal xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari, “Oʻzsuvoqova”, “Oʻzissiqlikmanbai”, “Oʻztaʼmirqurilish” va “Oʻzbekgaz” respublika ishlab chiqarish birlashmalarining viloyat boʻlinmalari negizida hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va tegishli hudud hokimi tasarrufida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsuvoqova”, “Oʻztaʼmirqurilish”, “Oʻzissiqlikmanbai” va “Oʻzbekgaz” respublika ishlab chiqarish birlashmalari tugatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat vazirligining markaziy mahkamasi tarkibida tegishli bosh boshqarmalar tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligining huquqiy vorisi hisoblansin hamda quyidagilar vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada uy-joy fondidan foydalanish va uning bu holda saqlanishini taʼminlash, kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika shaharlari, shaharchalari va tuman markazlarida aholining ijtimoiy-maishiy soha korxonalari va boshqa isteʼmolchilarning kommunal xizmatlarga, qishloq joylarda esa kommunal gaz taʼminotiga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirish uchun kommunal xoʻjalikni rivojlantirish konsepsiyalarini, istiqbolli dasturlarini va mundarijalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqda yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazish, kommunal korxonalarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish masalalarida boshqa davlatlarning tajribasini oʻrganish va yoyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik (suv quvuri, kanalizatsiya, issiqlik va gaz) tarmoqlari va inshootlarini loyihalash, qurish, taʼmirlash va saqlash masalalarining uzviy hal etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor munosabatlariga oʻtishda vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik, jamoa, ijara va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga bosqichma-bosqich aylantirishda ularga koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1994-yilning 1-yanvarigacha mulk egalari bilan uy-joylarni ijaraga oluvchilar va kommunal-foydalanish tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimiga oʻtkazish zarur deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining kam taʼminlangan tabaqalarini va koʻp bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutgan holda, ularga davlat dotatsiyalarining asta-sekin, bosqichma-bosqich kamaytirilishini inobatga olib, uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va kommunal xizmatlarga davlat tomonidan beriladigan bunday mablagʻlar saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimini joriy etish masalalariga doir qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 15-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-617-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 278-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 181-modda)