12.10.2011 yildagi O‘RQ-304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561–XI-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 22-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 232-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 463-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 12-bandi oʻn ikkinchi xatboshisidagi “yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi” degan soʻzlar “yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi 276-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 139-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nomidagi “toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muqaddimadagi “maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jugʻrofiy, geologik va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) VI, VII va VIII boʻlimlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) IX boʻlimning nomidagi birinchi jumla chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 24, 25 va 26-moddalar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) X boʻlim chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 30-moddaning birinchi qismidagi “maʼmuriy-hududiy birliklar va aholi punktlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 31-modda chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi 417-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 122-modda) 6-moddasining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“geografik obyektlarning nomlarini belgilash, normallashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 12-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-304-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2020-y., 03/20/626/1024-son; 29.08.2020-y., 03/20/635/1237-son)