13.09.2011 yildagi O‘RQ-295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TEKShIRIShLAR QISQARTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda) 30-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma” degan soʻzlar “tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqarilgan, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 101-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan tekshirishni oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatlar tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga topshirilgan kun tekshirishni oʻtkazish tugagan kun hisoblanadi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 16-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugagan kuni tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasini olish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 17-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tekshirishlar natijalarini dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda qoldirish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “ikkinchi — beshinchi” degan soʻzlar “ikkinchi — oltinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 40-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni oʻtkazish rejasidan koʻchirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi boʻlganda yoʻl qoʻyiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda) 25-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 89-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari — kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi” degan soʻzlar “ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “va u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgach, soliq toʻlovchiga topshirilgan hisoblanadi” degan soʻzlar “va shu paytdan eʼtiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi qismi “ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 13-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 374-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)