O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“TEMIR YO‘L TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA TEMIR YO‘LDA TASHISH XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHA KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1006-sonli “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 29-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi 766-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 12-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yo‘lovchilarning hamda temir yo‘l transporti xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli organlar vokzalga kirishda belgilangan tartibda qo‘l yukini, bagajni ko‘zdan kechiradi hamda yo‘lovchilar va boshqa shaxslarni shaxsiy ko‘zdan kechirishdan o‘tkazadi. Ko‘zdan kechirishdan bosh tortilgan taqdirda, vokzalga kirish taqiqlanadi, yo‘lovchilar esa tashishga qo‘yilmaydi. Ko‘zdan kechirishni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli organlarning ro‘yxati va ko‘zdan kechirishni o‘tkazish tartibi, shuningdek yo‘lovchilar va boshqa shaxslarning vokzallarda bo‘lishi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2) quyidagi mazmundagi 201-modda bilan to‘ldirilsin:
“201-modda. Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat nazorati va boshqa choralar
Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat nazorati va boshqa choralar ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi”;
3) 26-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar “ushbu Qonunda yoki boshqa qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-sentabr,
O‘RQ-293-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 36-son, 364-modda)