24.08.2011 yildagi PF-4354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi boʻlgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. Oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili boʻlgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish boʻyicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada soʻnggi oʻn yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga oʻsdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Roʻyxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik oʻrtacha soni 100 kishigacha koʻpaytirilgan kichik korxonalar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish boʻyicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlayotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror oʻsish surʼatlari va rentabelligini taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini oʻtkazish taqiqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan maʼmuriy reglament toʻliq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi taʼminlanmagan koʻplab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish boʻyicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yoʻlidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka koʻproq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ortiqcha byurokratik toʻsiq va gʻovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka koʻproq erkinlik berish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish meʼyorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan oʻzaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim boʻyicha taqdim etishga bosqichma-bosqich oʻtish orqali tubdan soddalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa toʻlovlar boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadigan qoʻshimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini koʻpaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish, eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini hamda umuman bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, yaʼni unga muvofiq, meʼyoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni koʻzda tutuvchi oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2012-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar, bojxona bojlari va yigʻimlari, shuningdek, boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori kechiktirilgan har bir kun uchun penyani hisoblash tartibi saqlangan holda, amaldagi miqdoriga nisbatan uchdan bir qismga kamaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek, moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida teng ulushlarda toʻlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaziy bank, Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 1-sentabrdan kichik biznes subyektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisob raqami ochganlik uchun toʻlov undirishni bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha boʻlgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamgʻarmalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi boʻyicha taʼminotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha kafolatlash fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar (tabiiy gazni tranzit va eksport qiladigan korxonalar bundan mustasno) oʻzi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 586-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi qoshida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha “Oʻztadbirkoreksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish va 2011-yilning oxirigacha respublika hududlarida uning vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xoʻjalik subyektlari oʻrnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash bilan bogʻliq boʻlmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan xoʻjalik subyektlarining mansabdor shaxslarining maʼmuriy javobgarligini ikki barobarga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati muddatini uch yil bilan cheklash, shuningdek, tovarlar bojxona nazoratidan oʻtkazilgandan bir yil keyin, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblashni taqiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 24-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4354-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda; 2012-y., 52-son, 586-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2014-y., 50-son, 589-modda; 2016-y., 4-son, 33-modda, 47-son, 537-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)