Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HAVO FLOTI KUNINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakat qudratini va iqtisodiyotini mustahkamlashda, xalqaro va ichki qatnovni taʼminlashda Havo Flotining muhim ahamiyatini eʼtiborga olib, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi koʻp ming kishilik jamoalarining, Harbiy Havo Kuchlari harbiy xizmatchilarining va oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibining aviatsiyani, aviatsiya sanoatini rivojlantirishga hamda kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissasini nazarda tutib:
1. Avgust oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasining Havo Floti Kuni” etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-iyul,
PF-1206-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 161-modda)