Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023 05.08.2011 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Hujjat 13.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini soʻzsiz bajarish boʻyicha Hukumatning qonun loyihalariga doir faoliyatini aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va izchil tashkil etish, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning qonun loyihalariga doir ishi samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar talablariga muvofiq boʻlgan qonun hujjatlari loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni taʼminlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “2011-yilda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 10-martdagi 68-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini (keyingi oʻrinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari har yili qabul qilinadi va kelgusi yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish moʻljallanayotgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga birinchi navbatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, shuningdek mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisobga olingan holda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalari kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini kiritish mufassal konsepsiya va ularning qabul qilinishini asoslovchi zarur tahliliy materiallar asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qatʼiy rioya qilgan holda har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda amaldagi qonun hujjatlariga faqat oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan cheklanib qolmay, qonun hujjatlarining mustaqil va yaxlit loyihalarini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini shakllantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilayotgan takliflarning sifati, asoslanganligi va oʻz vaqtida kiritilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda, unga kiritilgan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va kiritishda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishi amalda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasi joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi ustidan samarali va tizimli monitoring oʻrnatsin, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga zarur yordam koʻrsatsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari loyihalari oʻz vaqtida kiritilmasligi sabablari va shartlari, ularning past sifati koʻrsatilgan, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish va kiritishni taʼminlash boʻyicha takliflar bildirilgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari mudirlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun asosli takliflar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan qonun loyihasi ishlari dasturlariga muvofiq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari loyihalari konsepsiyasi va tushuntirish xatlariga, tuzilmasiga va mazmuniga, ularga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi vakillarini shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun hujjatlari loyihalarini muhokama etishda ishtirok etish tartibiga qoʻyiladigan asosiy talablarni koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflar tayyorlashni tashkil etish, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va kelishish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazsin. Keyinchalik bunday seminarlarni tizimli asosda oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini (keyingi oʻrinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari har yili qabul qilinadi va kelgusi yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish moʻljallanayotgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga birinchi navbatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, shuningdek mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisobga olingan holda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida normativ-huquqiy hujjatlarning kompleksliligi va oʻzaro bir-birini toʻldirishi hisobga olingan holda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarida demokratik qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Hukumatning qonun loyihalariga doir faoliyati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha hujjatlari va topshiriqlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha takliflarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va ularni ishlab chiqish boʻyicha oʻz faoliyatini ular bilan muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini tayyorlash va qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihalari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (keyingi oʻrinlarda manfaatdor tashkilotlar deb ataladi) takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda amaldagi qonun hujjatlariga faqat oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan cheklanib qolmay, qonun hujjatlarining mustaqil va yaxlit loyihalarini ishlab chiqishga alohida eʼtibor beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar manfaatdor tashkilotlar tomonidan ularning birinchi rahbarlari imzosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga joriy yilning 1-oktabrigacha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi takliflar ushbu Nizom talablariga muvofiq holda taqdim etilishi va quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasining uni qabul qilish zarurligini asoslaydigan va kutilayotgan natijalarni oʻz ichiga oladigan mufassal konsepsiyasi bayon qilingan, shuningdek unga tahliliy materiallar ilova qilingan qonun hujjati loyihasiga tushuntirish xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilishi, toʻldirilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasining xalqaro huquqning umumiy eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqligi, yetakchi xorijiy mamlakatlarda tegishli huquqiy munosabatlarni qonunchilik yoʻli bilan tartibga solishning mavjud tajribasi, shuningdek uning amalga oshirilishini taʼminlaydigan mexanizmlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasi tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan manfaatdor tashkilotlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Manfaatdor tashkilotlar rahbarlari qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini shakllantirish boʻyicha takliflarning sifati, asoslanganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlari loyihalarini qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish boʻyicha manfaatdor tashkilotlarning takliflarini tizimli, puxta va tanqidiy koʻrib chiqadi, ishlab chiqish taklif etilayotgan qonun hujjatlari loyihalarini, ayniqsa, ularning asoslanganligi va dolzarbligini, shuningdek ularning amaldagi qonun hujjatlari normalariga muvofiqligini oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takliflarni oʻrganish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari loyihalari ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni manfaatdor tashkilotlarga qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari loyihalari boʻyicha qoʻshimcha tahliliy materiallarni soʻrab olish, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihalariga kiritish uchun chuqur va har tomonlama tahlil qilish va yetarlicha asosni ishlab chiqish uchun manfaatdor tashkilotlarning xodimlarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tashkil etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qonun hujjatlari loyihalari qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasida, qoidaga koʻra, quyidagi guruhlar boʻyicha joylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qonun hujjatlari loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisobga olingan holda manfaatdor tashkilotlarning tashabbusi va takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun hujjatlari loyihalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini tayyorlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishining qonunchilik asoslarini, sud-huquq tizimini isloh qilish boʻyicha kengash, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, taʼlim va ilmiy muassasalar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-dekabrigacha boʻlgan muddatda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qabul qilingan qonun loyihalariga doir ishlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek ushbu Nizom talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining takliflariga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflari uning oʻz tashabbusiga koʻra yoki manfaatdor tashkilotlarning ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan takliflarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini tayyorlash va ijro etish jarayoni monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda, unga kiritilgan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va kiritishda manfaatdor tashkilotlar ishining amalda muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi, shuningdek metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor tashkilotlar ishtirokida qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashni tashkil etish, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va kelishish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi masalalari boʻyicha tizimli asosda seminarlar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi ustidan samarali va tizimli monitoringni amalga oshiradi, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda manfaatdor tashkilotlarga zarur yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari loyihalari oʻz vaqtida kiritilmasligini sabablari va shartlari, ularning past sifati koʻrsatilgan, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish va kiritishni taʼminlash boʻyicha takliflar bildirilgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi toʻgʻrisida axborot kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Manfaatdor tashkilotlarning rahbarlari tayyorlanadigan qonun hujjatlari loyihalarining sifati, asoslanganligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti bilan belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qonun hujjati loyihasi tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan manfaatdor tashkilot:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi, hamijrochilar ishini muvofiqlashtiradi, zarur hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasi bilan tartibga solinadigan predmet va uni qoʻllash amaliyoti doirasida qonunchilikni oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boʻshliqlar va nomuvofiqliklarni, shuningdek ushbu ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjati loyihasini qabul qilish natijasida qonunchilikning samaradorligiga taʼsir koʻrsatadigan sabablar va shartlarni oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy mamlakatlarda tegishli huquqiy munosabatlarni qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlangan qonun hujjati loyihasining belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining tegishli bandlari bajarilishi, shuningdek qonun hujjatlari kuchga kirgunga qadar ular loyihalarining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilib, oʻz ichiga manfaatdor tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari loyihalarining sifati va ularni ishlab chiqishning belgilangan muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek ularning amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha talablarga, xalqaro normalar va standartlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini baholashni oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har oyda qonun loyihasi ishlari dasturlari bajarilishining borishini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida nazarda tutilgan muddatlardan orqada qolingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bu haqda manfaatdor tashkilotlarni yozma shaklda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish uchun qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini shakllantirish, shuningdek qonun loyihalariga doir ishlar masalalari boʻyicha manfaatdor tashkilotlardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish va yozma tushuntirish berishni talab qilish, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha ular faoliyati monitoringini olib borish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻraladigan maʼlumotlar va yozma tushuntirishlar manfaatdor tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 10 kun muddatda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi toʻgʻrisida axborot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish muddatlari buzilgan yoki ular sifatsiz tayyorlangan hollarda adliya vaziri bu haqdagi masalani manfaatdor tashkilotlar rahbarlarini tegishli javobgarlikka tortish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumiga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har yilning yakunlari boʻyicha manfaatdor tashkilotlarning qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasini shakllantirish, shuningdek qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida nazarda tutilgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha faoliyati natijalarini umumlashtiradi va baholaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida, shuningdek prezidiumlarida manfaatdor tashkilotlar rahbarlarining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritilgan qonun hujjatlari loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish toʻgʻrisidagi hisobotlari tizimli asosda eshitilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-maydagi “Hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejalarini tayyorlash va qabul qilish hamda ularning ijrosi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 84-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2006-yil ikkinchi yarim yilligidagi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 159-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2007-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 264-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2008-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 262-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2009-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 278-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2010-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 331-son qarori.