Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2008 07.09.1995 yildagi PF-1270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2008
Hujjat 07.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirish borasida davlat siyosatini amalga oshirish, uni jonlantirish yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni olib tashlash, shuningdek aksiyador investorlarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat boshqaruv organi maqomiga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha Davlat komissiyasi tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat komissiyasining faoliyat koʻrsatishi uning ishchi apparati va ilovaga* muvofiq tarkibdagi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan taʼminlanadi. Muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirishga va rivojlantirishga konseptual yondashish, fond bozorini davlat tomonidan tartibga solib borish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash masalalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha Davlat komissiyasining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— oʻzbek va xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlarni chiqarish hamda ularning milliy va xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorida samarali muomalada boʻlishi uchun zarur huquqiy shartlarni taʼminlovchi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlarni ham roʻyxatga olish, bozorga chiqarish va muomalasini tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi investorlarning, ham yuridik, ham jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini vujudga keltirishda tegishli davlat organlari bilan birgalikda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining va qimmatli qogʻozlar bozori bevosita qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— respublikada roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar, shuningdek, investitsiya institutlari sifatida faoliyat koʻrsatish uchun litsenziya olgan yuridik shaxslarning Yagona davlat roʻyxatlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qimmatli qogʻozlar emissiyasi va muomalasi masalalariga oid qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— hisob-kitob va hisob yuritish, qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil etish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish, investorlar va jamoatchilikni keng xabardor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha Davlat komissiyasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— investitsiya institutlarining fond birjasidagi savdolarga bab-baravar kirishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— haqiqiy talab va taklifni, emitentlarning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini, qimmatli qogʻozlarning sotilish darajasini hisobga olgan xolda qimmatli qogʻozlar ochiq savdoga qoʻyilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 Qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining manfaatdorligini oshirish, fond bozorida operatsiyalarni faollashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 1995-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarning dividendlar holida qimmatli qogʻozlarning aylanishidan, qimmatli qogʻozlarning sotib olish va sotish narxlari oʻrtasidagi tafovutdan olingan daromadlari uch yil muddatgacha soliqqa tortilishdan ozod qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 1995-yil 1-sentabrdan boshlab qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzish chogʻida bitim qatnashchilaridan olinadigan qimmatli qogʻozlar operatsiyasi soligʻi bekor qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 1995-yil 1-sentabrdan boshlab qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektini roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida emitentdan olinadigan qimmatli qogʻozlar operatsiyasi soligʻining stavkasi emissiya oʻz qiymatining 0,5 foizidan 0,1 foiziga kamaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qimmatli qogʻozlar bozorida xorijiy investorlarning qatnashishini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari Davlat komissiyasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi emitentlarining qimmatli qogʻozlarini sotib olishga, qoʻyilgan mablagʻlarni va ular boʻyicha olingan daromadlarini konvertatsiyalashga, keyinchalik amaldagi qonunchilikka muvofiq repatriatsiya qilishga boʻlgan huquqlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Oʻzbekiston emitentlarinikini chet mamlakatlarga kiritish, roʻyxatdan oʻtkazish va joylashtirish tartibini 10 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki korxonalarini aksiyalashtirish va qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni 6-bandining 2-xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 7-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 225-modda; 1996-y., 3-son, 30-modda)