Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “XALQ TAʼLIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 1 MARTDAGI 52-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-iyun,
184-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyundagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning birinchi xatboshidagi hamda 25-bandning birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman, shahar boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman, shahar boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-bandidagi hamda 33-bandidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-bandning birinchi xatboshidagi “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridan” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandidagi “tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari va 28-bandidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 34-bandidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yo) 36-bandidagi “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 40-bandda:
beshinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimiga” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 15-bandining birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali nizomining 15-bandidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 8-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 25-son, 261-modda; 2016-y., 18-son, 193-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/393/3122-son; 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son)