Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2093-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-may,
14/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 7-bandning ikkinchi xatboshisi “boshqa” degan soʻzdan keyin “nobank” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Mikrokredit tashkilotida axborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini taʼminlash maqsadida quyidagilar mavjud boʻlishi lozim:
Bank telekommunikatsiya tarmogʻiga ulanish uchun modem aloqasi;
mikrokredit tashkiloti binosi va bank telekommunikatsiya tarmogʻining jihozlari oʻrnatilgan avtomatik telefon stansiyasi bilan alohida sifatli aloqa liniyasi;
kafolatlangan elektr taʼminoti (220 V);
kunlik buxgalteriya hisobini yuritilishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot;
mikrokredit tashkiloti faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik vositalar.
Mikrokredit tashkiloti binoci va undagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlangan va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Mikrokredit tashkiloti binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi, shuningdek axborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini taʼminlash maqsadida modem va sifatli aloqa liniyasi mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish boʻyicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy taʼminot bilan taʼminlanganligi boʻyicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 215-modda)