Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2006 24.09.2001 yildagi PF-2943-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2006
Hujjat 24.09.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 63-moddalariga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining yangi tahrirdagi Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-martdagi PF-2817-son Farmoni bilan tasdiqlangan 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 24-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2943-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2001-yil 24-sentabrdagi PF-2943-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash siyosatini, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish tamoyillarini yanada demokratlashtirishni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi doimiy ishlovchi organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya zimmasiga sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalarini tanlash va lavozimlarga tavsiya etish, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlarning sudyalarini lavozimlarga taqdim etish vazifalari yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi tamoyillariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudya kadrlarni tanlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdigʻiga taqdim etishda qonuniylikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalar mustaqilligi va ularning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi ishlarni yaxshilash hamda sudya kadrlarni tarbiyalash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalikka nomzodlarni tanlab olishning huquqiy negizini takomillashtirish, ularning kasb mahoratini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha ishlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini, bu ishning vertikal boʻyicha hisobot berilishini taʼminlash, shuningdek bu sohada xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish hollarining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarni tanlash va tayinlash borasida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va Komissiyaning ish amaliyotiga tadbiq etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. KOMISSIYANING VAKOLATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyasi lavozimlariga munosibligini aniqlaydi hamda mazkur masalalar boʻyicha xulosalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlarning sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni (materiallarni) koʻrib chiqadi va ular yuzasidan xulosalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasidagi ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarni oʻrganishning turli usullaridan foydalanadi (suhbatlashish, mustaqil ekspertlar tomonidan sinab koʻrish, topshirilgan muammo boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlash, tezkor savol-javoblar oʻtkazish va hokazolar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudya kadrlar bilan ishlashdagi kamchiliklar xususida taqdimnomalar, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Sudyalar uyushmasi, mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida sudyalarning malaka hayʼatlari bilan hamkorlik qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan taqdim etilgan kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlab olish va sudyalik lavozimiga tavsiya etish masalasini hal qilish uchun zarur boʻlgan materiallarni (arizalar, bildirilgan fikrlar, xulosalar, maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni) koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudya kadrlar bilan ishlash toʻgʻrisida sudyalar malaka hayʼatlari raislarining axborotini yilning har choragida tinglab boradi va sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarning malaka hayʼatlaridan sudyalik lavozimlariga boʻsh oʻrinlar mavjudligi haqidagi, sudya kadrlarning zaxirasi qanday shakllantirilayotgani toʻgʻrisidagi axborotni, Komissiya oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni talab qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarning malaka hayʼatlariga sudya kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ushbu sohada xalqaro tajribani oʻrganish va undan foydalanish borasidagi ishlarni tashkil qilish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. ZAXIRANI ShAKLLANTIRISh VA SUDYaLIK LAVOZIMIGA NOMZODLARNI TANLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Zaxirani shakllantirish va sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha ishlar Komissiya hamda sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi. Malaka hayʼatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyat sudlarining, Toshkent shahar sudlarining raislari rahbarlik qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyaligiga nomzodlarning zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari oʻzlarini zaxiraga kiritish yoki sudyalarning aniq boʻsh lavozimlarini egallash istagini bildirgan shaxslardan arizalarni qabul qiladilar. Arizaga kadrlarni hisobga olish shaxsiy varagʻi, tarjimai hol, oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan koʻchirma, oxirgi ish joyidan taʼrifnoma ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotli, mutaxassisligi boʻyicha ish staji kamida uch yil boʻlgan fuqarolari sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishlari mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishlari mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizomning 9-bandi talablariga rioya etilgan taqdirda arizalar qabul qilinishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani qabul qilishni rad etish xususida Komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olish, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish ishlarini sudyalar malaka hayʼatining masʼul kotibi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarning kasbiy, axloqiy va ishchanlik fazilatlarini oʻrganib chiqishni tashkil etadilar hamda hujjatlar kelib tushgan paytdan boshlab kechi bilan ikki oy muddatda malaka imtihonlarini oʻtkazadilar, shu imtihonlarning natijalari boʻyicha ularni sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarni eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar sudlarning, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalari va tashkilotlarining xodimlari orasidan tanlab oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka hayʼatlarining majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga har bir nomzod boʻyicha oʻz fikrini bildirish, malaka hayʼatining qaroriga qoʻshilmagan taqdirda esa oʻz fikrini yozma ravishda Komissiyaga yuborishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiraga kiritilgan shaxslar xususidagi maʼlumotlar sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan Komissiyaga yoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalik lavozimiga zaxirada turgan shaxslarni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻshab qolgan sudyalik lavozimini egallash uchun tanlab olishda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihonini topshiradilar, ana shu imtihon natijalari boʻyicha sudyalarning malaka hayʼati ularning sudyalik lavozimiga munosib yoki munosib emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sudyalarning malaka hayʼati aniq sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nomzodga doir hujjatlarni Komissiyaga yoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarga oid hujjatlar bilan bir qatorda boʻsh qolgan sudyalik lavozimlarining mavjudligi haqida va vakolat muddatlari tugagan sudyalar toʻgʻrisida Komissiyaga maʼlumotlar taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning vakolat muddatlari tugayotgan sudyalariga nisbatan ularni yangi muddatga tayinlash toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hayʼatining mazkur shaxslarning lavozimga munosibligi yoki munosib emasligi toʻgʻrisidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori Komissiyaga yoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudyalar malaka hayʼatlarining raislari Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari Komissiyaga taqdim etiladigan sudya kadrlarga oid hujjatlarning toʻliqligi va sifati uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar malaka hayʼatlarining raislari sudya kadrlar bilan ishlashning ahvoli toʻgʻrisida Komissiyaga muntazam hisobot berib boradilar. Sudya kadrlarni tanlash chogʻida malaka hayʼatlarining faoliyatida tanish-bilishchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish kabi hamda boshqa qonunbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda Komissiya tegishli malaka hayʼatining raisini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. KOMISSIYA IShINI TAShKIL QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan besh yil muddatga oʻn yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi hamda Komissiya raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolardan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Komissiya raisi Komissiyaning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi boʻlmagan paytlarda uning vazifasini oʻrinbosari amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Komissiya sudyalardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlaridan, sudyalar malaka hayʼatlari, jamoat birlashmalarining vakillaridan va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya faoliyati Komissiya aʼzolarining teng huquqliligi, masalalarni hal etish va xulosalarni qabul qilishda kollegiallik, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama, toʻliq va xolisona hal etilishini taʼminlash tamoyillariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Komissiya qonunga asosan kadrlarni sudyalik lavozimlariga tayinlashga tavsiyanoma tayyorlovchi oxirgi bosqich hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Komissiya sudya kadrlar zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasida sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyati nazorat qilinishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan kadrlar zaxirasini shakllantirish va tanlash boʻyicha ishlarning ahvolini tekshirib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Komissiya majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirda komissiyaning majlisi vakolatli deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya majlisining bayonnomasi Komissiyaning texnik kotibi tomonidan yuritiladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sudyalik lavozimlariga kadrlar boʻyicha takliflar Komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun sudyalik boʻsh lavozimiga kamida 2-3 nomzoddan iborat holda muqobillik asosida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya sudya kadrlar boʻyicha taqdim etilgan materiallarni oʻrganish va suhbatlashish yoʻli bilan sudyalikka nomzodlarni tanlab oladi, ularning kasb mahorati darajasini, maʼnaviy fazilatlarini (halolligi va vijdonini sotmasligini), qobiliyatini, shuningdek huquq sohasidagi tegishli tayyorgarligi va malakasini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va tavsiya etish masalalarini xolisona koʻrib chiqish maqsadida Komissiya zarur hollarda oʻz majlislariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Sudyalar uyushmasi vakillarini taklif qilish hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ularning fikrini eshitishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya kadrlarni tanlash va tavsiya etish boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil qilish Reglament bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qaror majlisda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Muhokama etish va qaror qabul qilish chogʻida Komissiya aʼzolaridan boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning qarori nomzodlarning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi toʻgʻrisidagi xulosa tarzida rasmiylashtiriladi. Xulosa Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan Komissiya aʼzolari xulosani imzolaydilar, ularning alohida fikri majlis bayonnomasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, xoʻjalik sudlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari lavozimlariga munosibligi toʻgʻrisida Komissiyaning xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlarning sudyalari lavozimiga nomzodlar xususida Komissiya oʻz xulosasiga asoslanib, ularni tayinlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agar Komissiya nomzodni sudyalik lavozimida ishlashga yetarlicha tayyor emas, degan xulosaga kelgan hollarda bir yil muddat oʻtgandan keyin ushbu masalaning takroran koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu haqda xulosaga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Komissiyaning xulosasida Komissiyaning nomi, tarkibi va majlisning vaqti, masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uni taʼriflovchi boshqa maʼlumotlar, taqdimnomani (materiallarni) kiritgan organning nomi, shuningdek Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Materiallar toʻliq boʻlmagan hollarda, masalani xolisona echish maqsadida Komissiya uni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. KOMISSIYA KOTIBIYATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnikaviy jihatdan taʼminlash maqsadida yetti nafar yetakchi inspektordan iborat Komissiya Kotibiyati tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotibiyat yuridik shaxs hisoblanadi, bankda mustaqil hisobvaraq va muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotibiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish belgilangan tartibda Komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya oʻz qarori bilan Kotibiyatning yetakchi inspektorlaridan birining zimmasiga mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni chiqarish vazifasini yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Komissiya Kotibiyati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan kelib tushadigan takliflarni hamda sudya kadrlar zaxirasiga kiritilgan, shuningdek aniq lavozimga tavsiya etilgan har bir nomzodga oid hujjatlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudya kadrlarning statistik va shaxsiy hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelib tushgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga topshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyani zarur axborot-tahliliy hujjatlar bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Komissiya Kotibiyati oʻz ishini mintaqaviy mutasaddilik tamoyili boʻyicha tashkil etib, sudya kadrlarga oid hujjatlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi borasida sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Komissiya Kotibiyatining faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan Kotibiyat Reglamenti bilan tartibga solinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 204-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda)