O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 4-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 23-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) 4-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
2-bandning 14-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari”;
3-bandning 17-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17) shaharda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar. Harbiy turdagi avtomobil kolonnalari”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-aprel,
O‘RQ-281-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 15-son, 147-modda)