Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 20.03.1996 yildagi PF-1411-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 20.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

EKSPORTGA MAHSULOT IShLAB ChIQARUVChI KORXONALARNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyor mahsulot (xizmatlar)ning tashqi bozorlarga kirib borishiga koʻmaklashish, shuningdek eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga kredit berish mexanizmini yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1996-yil 1-apreldan boshlab tovarlarga ularning tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan chuqur ishlanishiga bogʻliq ravishda boj poshlinalarining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, korxonalar foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq stavkasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 5 foizdan 10 foizgacha boʻlganda — 20 foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 10 foizdan 20 foizgacha boʻlganda — 30 foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 20 foizdan 30 foizgacha boʻlganda — 40 foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 30 foiz va undan koʻp boʻlganda — 50 foizga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, hisobot yili yakunlari boʻyicha korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksport hajmlari oʻsishidan olingan erkin almashtiriladigan valyutadagi tushum foyda (daromad)dan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1996-yil 1-apreldan boshlab eksport qiluvchi korxonalar eksport qilinuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun foydalangan moddiy resurslar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur texnik-iqtisodiy asoslashlar mavjud boʻlgan taqdirda uch yil muddatga maxsus foizsiz zayomlar berish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun maxsus foizsiz zayomlar manbalari haqida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Farmonning 2, 3, 4, 5-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar vositachi tashkilotlarga, shuningdek eksport qilinadigan xomashyo: paxta tolasi, lint, neft, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, gaz kondensati, tabiiy gaz, qimmatbaho, rangli va qora metallar, ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 17-iyundagi PF–872-son Farmonining 2, 3, 4, 5, 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda mazkur Farmon qoidalariga muvofiq boj poshlinalari stavkalarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1411-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 28-modda; 2000-y.,7-8-son, 241-modda; 2001-y., 5-son, 105-modda)