Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 05.03.1996 yildagi PF-1384-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOZORLARNING FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI VA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISh SIFATINI YaXShILAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon, buyum bozorlari va yarmarkalarda savdo-sotiqni tartibga solish, tushayotgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish, ushbu sohadagi salbiy holatlarga qarshi kurashni kuchaytirish, shuningdek aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va hokimliklarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon, buyum bozorlari va yarmarkalarni respublika tumanlari (shaharlari) hokimliklari ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish (yetishtirish), tayyorlash, transportda tashish va sotish jarayoni barcha manfaatdor qatnashchilarining mol-mulki hamda mablag‘larini birlashtirish asosida dehqon, buyum bozorlari va yarmarkalar negizida ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil etish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida va boshqa yirik shaharlarda ko‘rsatib o‘tilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini keng assortimentdagi dehqonchilik, chorvachilik va boshqa iste’mol tovarlari bilan ta’minlash; dehqonlarning hamda boshqa oziq-ovqat va buyum tovarlari sotuvchilarining savdo-sotiqni amalga oshirishlari uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish; huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqa organlari bilan birgalikda ushbu sohada zarur tartibni ta’minlash tashkil etilayotgan aksionerlik jamiyatlarining asosiy vazifalari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan aksionerlik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketi hududida ushbu bozorlar va yarmarkalar joylashgan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yoki ularning vakolatli organlariga tegishli bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan bozorlar va yarmarkalarning joriy faoliyati tumanlar (shaharlar) hokimlari tavsiyasiga hamda joylardagi fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan kelishuvga binoan aksionyerlarning umumiy majlisi tayinlanadigan direktor tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozorlarga erkin kirib kelishlariga to‘sqinlik qiluvchi, yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turuvchi va boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi shaxslarning, shuningdek bozorlarning savdoni tashkil etishning qonunchilik bilan belgilangan tartibini buzuvchi, nohaq yig‘imlar olish va tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi mansabdor shaxslari va ma’muriyati xodimlarining noqonuniy faoliyatlari to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan sud amaliyotini o‘rganib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarini ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanish tartibi haqida tushuntirishlarni ishlab chiqish maqsadida ushbu masalani Oliy sud Plenumi ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat soliq qo‘mitasi (Gataulin):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik bozorlarda xodimlarning doimiy ishlovchi guruhini tashkil etsinlar, ularga savdo, xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan qoidalarini buzuvchi, ro‘yxatdan o‘tish, ruxsatnoma olish va soliqlar to‘lashdan bosh tortuvchi shaxslarni aniqlash hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rish vazifasini yuklasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozorlarga erkin kirib kelishlariga to‘sqinlik qiluvchi shaxslarning, yuqori monopol narxlarni saqlab qolishni, mol-mulklarni kuch ishlatish va yo‘q qilish bilan qo‘rqitib arzonga sotib ketishni talab qiluvchi sotuvchilarning, shuningdek bozorlarning nohaq yig‘imlar oluvchi va tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi rahbarlari va xodimlarining, davlat organlari boshqa mansabdor shaxslarining noqonuniy faoliyatlarini to‘xtatish bo‘yicha tezkor-oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Adliya vazirligi (Mirsafoyev) Oliy sud (Mingboyev) bilan birgalikda savdo qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq ma’muriy va jinoiy ishlarning sudlarda qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Mustafoyev)ga huquqni muhofaza qilish va davlat boshqa organlarining savdo to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining sodir bo‘lishiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqa iste’mol tovarlarini sotish sohasidagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash, bozorlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmoyishning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 5-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1384-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 23-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 25-son, 282-modda)