O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida
Aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-avgustdagi PF-5168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 917-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbarlik qilish:
O‘zbekiston Respublikasida — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga va tegishli hududlarning hokimlariga;
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda — vazirlarga, davlat qo‘mitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktorlari va boshliqlariga yuklansin.
(3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 11-dekabrdagi PF-2153-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 227-modda)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar hududiy organlari negizida favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari)ni tashkil etsinlar.
Ushbu bandning bajarilishi to‘g‘risida 1996-yilning 15-apreligacha axborot bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-mart,
PF-1378-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 19-modda; 1998-y., 12-son, 227-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 917-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)