O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TO‘LOV INTIZOMINI VA O‘ZARO HISOB-KITOBLAR TIZIMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlarning to‘lov intizomiga rioya qilish uchun javobgarligini oshirish, o‘zaro qarzlarni qisqartirishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5189-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika iste’molchilariga mahsulotlarni yetkazib berish hajmining kamida 15 foiziga oldindan haq to‘langan holdagina yuklab jo‘natsinlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-iyuldagi PF-3274-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 92-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli banklarning kafolatlari mavjud bo‘lganda, eksportga mahsulot yetkazib berish (xizmat ko‘rsatish) yuzasidan kontraktlar tuzsinlar va ularni bajarsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning kafolati olingani to‘g‘risida vakolatli bankning tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda tovar-moddiy boyliklarning respublikadan tashqariga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi 1996-yil 1-fevraldan boshlab buxgalteriya hisobi tizimiga korxona va tashkilotlar balanslarida to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni ajratib ko‘rsatish joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-yanvar,
PF-1363-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-2-son, 6-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 22-son, 257-modda)