OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
IJTIMOIY TAʼMINOT MUASSASALARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2076-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-dekabrdagi 84-B-son (roʻyxat raqami 2076, 2010-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 46-modda) buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ijtimoiy taʼminot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 87-bandi va 88-bandi beshinchi xatboshisidagi “Sanoatkontexnazorat” degan soʻzlar “Sanoatgeokontexnazorat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
194-B-son
Kelishildi:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 25-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 25-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 25-noyabr
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
2010-yil 25-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 25-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 25-noyabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 25-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 495-modda)