20.12.2010 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVCHI BUYUMLAR VA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH DASTURIGA KIRITISH UCHUN LOYIHALARNI KOʻRIB CHIQISHDA ICHKI BOZORNING MAMLAKATIMIZDA ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR BILAN TOʻLGANLIGINI ANIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi) kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligi darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar — xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining sotish uchun moʻljallangan mahsuloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro almashinadigan tovarlar — funksional maqsadi, qoʻllanishi, sifat va texnik tavsiflari, narxi va boshqa parametrlari boʻyicha taqqoslanishi mumkin boʻlgan tovarlar (tovarlar guruhi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozori — tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga toʻgʻri keladigan yoki toʻgʻri kelmaydigan bir qismida muomalada boʻlish sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozorining hajmi — eksport hajmini chegirgan holda, oʻzaro almashinadigan tovarlarni va tovar importini hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmining yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorning tovarlar bilan toʻlganligi — oʻzaro almashinadigan tovarlarni hisobga olgan holda muayyan tovarning umumiy hajmida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar ulushini belgilaydigan koʻrsatkich.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tovar bozorlarining toʻlganligi darajasini aniqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tovar bozorlarining toʻlganligi darajasini aniqlash statistika organlaridan va davlat bojxona xizmati organlaridan, shuningdek, zarurat boʻlganda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olingan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda Davlat raqobat qoʻmitasi bozorning tovarlar bilan toʻlganligi darajasini aniqlash bilan ayni bir vaqtda, shuningdek raqobat muhitini, oʻzaro almashinadigan tovarlarni va qonun hujjatlariga muvofiq narx belgilanishini hisobga olgan holda monopollashtirish darajasini ham baholaydi. Bunda Davlat raqobat qoʻmitasi tegishli bozorlarning ilgari oʻtkazilgan tahlillari maʼlumotlari va natijalaridan foydalanishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tovarning xususiyati va texnik tavsiflari tufayli tovarning oʻzaro almashinuvchanligi darajasini belgilash murakkab boʻlganda tovarning oʻzaro almashinuvchanligi toʻgʻrisida standartlashtirish organlaridan, tegishli vakolatli tashkilotlardan hamda bevosita ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilardan olingan maʼlumotlardan foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligi darajasi (oʻzaro almashinadigan tovarlarni hisobga olgan holda) tovar ishlab chiqarish hajmining tovar bozori hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligi darajasini tahlil qilish va baholash uchun oxirgi ikki hisobot yili boʻyicha statistik maʼlumotlar qabul qilinadi. Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda oxirgi olti oy boʻyicha statistik maʼlumotlar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tovar bozori hajmida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar ulushi 80 foizdan koʻp boʻlganda bozor tovar bilan toʻlgan hisoblanadi va mazkur ulush ushbu koʻrsatkichdan kam boʻlganda tovar bilan toʻlmagan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tovar bozorlarining toʻlganligi darajasini aniqlash uchun axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan soʻralayotgan muayyan tovar boʻyicha axborot soʻrov olingandan keyin 10 kun muddatda quyidagilar tomonidan:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxati toʻgʻrisida, shuningdek ishlab chiqarishning yalpi hajmi, tovarlar eksporti va importi toʻgʻrisida 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovarlar hajmlarini koʻrsatgan holda ushbu tovar importi va eksporti bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati toʻgʻrisida 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — ishlab chiqarish quvvati, tovarni ishlab chiqarish, yuklab joʻnatish va eksport qilish hajmlari toʻgʻrisida 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli tashkilotlar va muayyan tovarning bevosita ishlab chiqaruvchilari tomonidan — tovarning funksional maqsadi, qoʻllanishi, sifat va texnik tavsiflari, narxi va boshqa parametrlari boʻyicha boshqa tovar bilan oʻzaro almashinuvchanligi toʻgʻrisida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Xulosalar berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat raqobat qoʻmitasi soʻralayotgan materiallar olingandan keyin 10 ish kunidan kechikmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga raqobat muhiti, monopollashtirish darajasi va ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligi darajasi toʻgʻrisida tegishli xulosa taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlariga axborotlar, maʼlumotlar, hujjatlar va ularning nusxalarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik yoki qasddan ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA

_____ yillarda mintaqalar boʻyicha tovarlar ishlab chiqarish, eksporti va importining yalpi hajmi toʻgʻrisida axborot

__________________________________________________

(tovarning nomi va TIF TN kodi)

Yalpi hajmi (mintaqalar boʻyicha) ‎ Oʻlchov birligi ‎ Natura tarzida ‎ Qiymati
‎(ming soʻm) ‎

Mintaqa nomi

Ishlab chiqarish‎
Eksport‎
Import‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_____ yillarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha tovarlar ishlab chiqarish hajmlari toʻgʻrisida axborot

__________________________________________________

(tovarning nomi va TIF TN kodi)

KTUT kodi Xoʻjalik yurituvchi subyektlar nomi Yuridik manzili Ishlab chiqarish quvvati Ishlab chiqarish hajmi ‎‎
natura tarzida qiymati

Mintaqa nomi

1.
2.
3.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2- ILOVA

_____ yillarda tovarlarni import qiluvchi-xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida axborot

__________________________________________________

(tovarning TIF TN kodi koʻrsatilgan nomi)

T/r Import qiluvchi- xoʻjalik yurituvchi subyektlar nomi (yuridik manzili koʻrsatilgan holda) Import hajmi ‎
natura tarzida ‎ qiymati
‎‎(ming soʻm) ‎
1.‎
2.‎
3.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_____ yillarda tovarlarni eksport qiluvchi-xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida axborot

__________________________________________________

(tovarning TIF TN kodi koʻrsatilgan nomi)

T/r Eksport qiluvchi-xoʻjalik yurituvchi subyektlar nomi (yuridik manzili koʻrsatilgan holda) Eksport hajmi
natura tarzida qiymati(ming soʻm)
1.‎
2.‎
3.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni koʻrib chiqishda Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻlganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

______________________ boʻyicha ______ yillarda ishlab chiqarish quvvati,

(korxona nomi)

‎ishlab chiqarish hajmlari, yuklab joʻnatish va eksport toʻgʻrisida axborot

(____________________________________________)

‎tovarning nomi, TIF TN kodi

T/r‎ Koʻrsatkichlar ‎ Oʻlchov birligi‎ Natura tarzida ‎ Qiymati (ming soʻm) ‎
1.‎ Ishlab chiqarish quvvati ‎‎
2.‎ Ishlab chiqarish hajmi ‎
3.‎ Eksport hajmi ‎
4.‎ Ichki bozorda yuklab joʻnatish hajmi ‎
shu jumladan mintaqalar boʻyicha ‎
5.‎ Qoldiq ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 487-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)